Putin nega Zelenskiy bilan körişişni rad etdi? Arab şayxlarining Trampga bergan qop-qop va’dalari amalga oşadimi? AQŞ Xitoy bilan savdo uruşini muzlatdi: bu tiraşuvda kim yutdi? Vaşington kelişuvga oz qolganini aytmoqda: Eron yadro quroli ğoyasidan voz keçişga tayyormi? PKK öz-özini tarqatib yubordi: kurdlar qurollarini taşlayaptimi?
Ortda qolayotgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz’ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.
Putin nega Zelenskiyning töğridan töğri çaqiruvini rad etdi, sabablar nimada?
Anvar Yöldoşev: Qisqaça qilib aytganda Putin Zelenskiy bilan uçraşuvga bormasligi avvaldan ma’lum edi. Nega? Birinçidan, Putin Zelenskiyni nolegitim deb bir neça marta aytgan edi. Şundan keyin ham yana borib u bilan uçraşsa, özining söziga özi qarşi çiqqan bölardi. Qisqa qilib aytganda, mana şu sababdan Putin borgani yöq. Putin bundan keyin ham Zelenskiy bilan uçraşmaydi.
Şuhrat Rasul: 9 may kuni Si Jinping bilan prezident Putin örtasidagi uçraşuvga e’tibor qaratişimiz kerak. Katta ehtimol bilan Kremldagi tadbirlar doirasida Putinga Xitoy lideri Kiyev bilan muzokara ötkazişni söragan va Putin qandaydir va’dalar bergan bölişi mumkin. Çunki mana şu bayram tadbirlari tugagandan keyingi kuni prezident Putin ön beşinçi mayda biz Ukraina tarafini Istanbulda kutamiz deb aytdi.
Undan taşqari Braziliya prezidenti Lula da Silva Xitoydan Braziliyaga qaytişda Moskva orqali uçib kelib beş soat aeroportda töxtagan va Putin bilan uçraşmoqçi bölgan, lekin uçraşuv yuz bermagan.
Bektoş Berdiyev: Putin Ukraina tomoni bilan töğridan-töğri muzokara ötkazişni taklif qilgan, lekin Zelenskiy bilan uçraşuv haqida oldindan ham heç qanaqa gap yöq edi. Undan taşqari xorijiy safarlar kamida bir neça oy avvaldan rejalaştiriladi. Undan taşqari davlat rahbarlari odatda özaro kelişuvga erişilgandan keyin faqatgina imzolaş uçun uçraşuv ötkazişadi. Şu nuqtayi nazardan qaraganimizda Zelenskiy bilan uçraşuvga hali yetarliça asos yöq edi deb öylayman. Boşqa tomondan esa Vladimir Putin bugungi kunda imkon qadar uçraşiş ehtimoli katta bölgan şaxslar köproq Yevropa liderlari yoki Amerika Qöşma Ştatlaridan bölişi mumkin. Agar haqiqatda Donald Tramp ma’lum bir takliflari bilan falon joyda uçraşamiz, uçraşuvga men tayyorman deydigan bölsa, Vladimir Putin boriş ehtimoli bor edi.
Istanbulga taşrif buyurgan delegatsiya darajasi va muzokara natijalari qanday böldi?
Kamoliddin Rabbimov: Putin Istanbuldagi muzokaralarga Medinskiyni yubordi. Medinskiy bu madaniyat vaziri. Özi asli diplomiga köra tarixçi, Rossiyadagi propagandaning otalaridan biri. Medinskiy Ukraina degan davlat bölmagan degan ğoyani ilgari surgan, Putin öziga ma’qul bölgan fikrlarni Medinskiy kabi şaxslardan oladi. Medinskiy uç yil oldin ham xuddi şu Istanbul formatida yiğilişlarda bölgan.
Öşa paytda Rossiya haqiqatda uruşni töxtatişdan manfaatdor edi, çunki kollektiv Ğarb Ukrainaga mislsiz katta yordam berayotgandi va uruş boşlangan birinçi oyda Putin judayam oğir bir ahvolga tuşgandi.
Suhbat davomida AQŞ-Xitoy savdo uruşi, PKKning tarqatib yuborilişi, Trampning Yaqin Şarqqa taşrifi, Eron-AQŞ muzokaralari va Rossiya-Ukraina uruşi atrofidagi vaziyat kabi haftaning muhim voqealari muhokama qilindi. Qizğin keçgan suhbatni YouTube platformasida töliq şaklda tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.








