Yevroittifoq Rossiyaga qarşi bir vaqtning özida bir neça sanksiya rejimlarining «tarixdagi eng yirik» qöllanişini tayyorlamoqda, u YeI taşqi işlar kengaşining 20 may kuni bölib ötadigan yiğilişida e’lon qilinadi. Bu haqda 16 may, juma kuni Bryusselda bölib ötgan brifingda YeIning yuqori martabali rasmiysi ma’lum qildi.

Taşqi işlar vazirlari Rossiya Federatsiyasiga nisbatan törtta sanksiya rejimi doirasida çeklovçi çoralarni ma’qullaydi: Ukrainadagi uruş, inson huquqlarini buzganlik, gibrid uruş va kimyoviy qurol qöllaganlik uçun.

Jami 130 dan ortiq individual sanksiyalar, jumladan, Rossiya harbiy-sanoat kompleksi, «soyadagi floti» va uning şeriklariga, uçinçi davlatlardan Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni yetkazib beruvçilarga, şuningdek, taşviqot va dezinformatsiya tarqatuvçilarga nisbatan qabul qilinadi.

Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi uçun 17-sanksiya paketi doirasida sanksiyalar röyxatiga 75 ta yangi yuridik va jismoniy şaxslar, şuningdek, 200 ta «soyadagi flot» kemalari kiritiladi. Şunday qilib, Yevropa Ittifoqining uşbu sanksiyalar röyxatidagi şaxslar soni 2500 dan, kemalar soni esa 300 dan oşadi, dedi rasmiy.

Gibrid faoliyat uçun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi doirasida Rossiya Federatsiyasida 27 jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan tarmoq çoralari, şuningdek, individual sanksiyalar joriy etiladi.