Assalomu alaykum. Bugun, 18 may, yana yakşanba. Ortda qolayotgan hafta Istanbulda Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar boşlangani bilan yodda qoldi. Lekin bu muzokaralar kutilganidek jiddiy ötmadi. Şuningdek, hafta davomida AQŞ prezidenti Tramp arab davlatlarida pulga kömildi. Quyida haftaning eng muhim voqealarini eslaymiz.

Istanbul muzokaralari

16 may kuni Turkiyaning Istanbul şahrida Rossiya va Ukraina örtasida uç yil içida ilk marta töğridan töğri muzokara ötkazildi. Bu uçraşuvni Rossiya prezidenti Putin taklif qilgandi. Kiyev bunga rozi böldi va Zelenskiy şaxsan özi eng yuqori martabali mulozimlari bilan Turkiyaga yöl oldi. Biroq Putin muzokaraga bormadi. Rossiya delegatsiyasini uning yordamçisi Medinskiy boşqardi. Xuddi uç yil oldin bölgani kabi.

Rossiyaning yondaşuvidan xafsalasi pir bölgan Zelenskiy ham muzokarada özi qatnaşmasligini aytib, vazir örinbosarlari darajasida delegatsiya yubordi. Bu nojiddiy muzokaralarda tabiiyki, uruşni tugatiş böyiça heç qanday kelişuv bölmadi.

Rossiya Sumi va Xarkivni ham olişi mumkin

Istanbuldagi muzokaralar haftaning eng muhim voqeasi bölgani uçun unga köproq töxtalişga majburmiz. The Economist muxbiri va ukrainalik deputat tarqatgan xabarga köra, Turkiyadagi muzokaralar davomida Rossiya delegatsiyasi rahbari Medinskiy ruslar xohlasa Sumi va Xarkiv oblastini ham egallab olişi bilan tahdid qilgan. Şuningdek, Ukraina delegatsiyasi rahbari Umerovga Rossiya abadiy uruşga tayyorligi, Şvetsiya bilan 21 yil uruşganini eslatgan. «Siz qança uruşa olasiz?» deb savol bergan Medinskiy Ukriana delegatsiyasiga.

Rossiya öt oçişni töxtatişga könmadi

Istanbul muzokaralarida Ukraina tomoni eng avvalo öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişmoqçi edi. Biroq Rossiya bunga könmadi. Ruslar uruşni vaqtinça töxtatişni hatto muhokama qilişni istamagan. Keyinçalik Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy bu holatni izohlab, Rossiya kanaliga intervyu berdi. Uning sözlariga köra, uruşlar va muzokaralar doim parallel keçgan. Uruşni töxtatib, keyin muzokara ötkazişni taklif qilganlar tarixni bilmas ekan.

Tramp pulga kömildi

AQŞ prezidenti Donald Tramp özining ilk xorijiy turnesi doirasida uç arab davlatiga taşrif buyurdi. Saudiya, BAA va Qatar Trampni basma-basiga dabdaba bilan kutib oldi: hali tuyalardan iborat kortej deysizmi, hali soç raqsini ijro etayotgan ayollar. Kutib olişdan ham imzolangan hujjatlar dabdabaliroq böldi. Saudiya bilan 600 milliard dollarlik, Qatar va BAA bilan 1 trillion dollardan ortiq kelişuvlar imzolandi.