16 may kuni soat 20:30 larda Qöqon şahridagi mineral öğit işlab çiqaruvçi Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals korxonasida ammiak moddasi vagondan maxsus idişga ötkazilayotgan vaqtda şlangda yoriliş hosil bölib, atrofga ammiak sizib çiqdi. Buning oqibatida bir neça fuqaro zaharlanib, şifoxonaga murojaat qilgan. Aholi zavoddan doimiy ravişda badböy hid çiqişi, mahalla içida joylaşgan korxonani boşqa hududga köçirib berişlarini sörab qilgan murojaatlari javobsiz qolayotganini ta’kidladi. Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, zavod atrofida yaşovçi aholi va korxona rahbariyati bilan suhbatlaşdi.
Zaharli hid haliyam bor...
“Keça tunda köçamiz dahşatli tutun bilan qoplandi. Közimiz açib, tomoğimizga aççiq ta’m kelaverdi. Zavodni mahalla içidan köçirmasak bölmaydi. 1990 yilda köçiş kerak edi özi aslida. Şörsuv tomonga köçirişmoqçi edi.

Öşa paytda nima böldi, bilmayman, köçirmay qoldirib qöyişdi. Şu bilan yana işlayapti, undan keyin Hindiston sotib oldi. Dardimizni aytyapmiz, heç kim quloq solmayapti. Aholini, şaharning yarmini zaharlab yubordi keça ammiak çiqib ketgan paytda, şabada şahar içiga yurgan paytda. Keçagi holatdan sarosimaga tuşib qoldik. Ayniqsa yoş bolalarga açindim holatini körib.

Zavod atrofida odam ziç yaşaydi. Har kuni şu zavodning zaharli hidini yutişga majburmiz. Haliyam zaharli hid bor. Hid butkul yöqolmagan. Nafasimiz böğilib ötiribmiz”, – deydi Adham Rajabov.
Ammiak hididan özimni yöqotdim
“Zavod devori hovlimizdan körinib turadi, zavodning orqa tomonida yaşaymiz. Ammiak hididan mazam qoçib, şifoxonaga tuşib qoldim. Taksistman. Köçada bölgan voqeani eşitib, farzandlarimdan xavotir olib, uyga qaytişda holatim yomonlaşdi.

Tutun hidiga çidab bölmas edi. Ikki marta infarktga çalinganman. Şuning hisobigami, bilmadim nafasim qisib, oğir ahvolga tuşib qoldim.











