CEO ClickME va Social Active boş direktori Timur Bakiyev Kun.uz bilan suhbatda Telegram’dan foydalanadigan 25 mln özbekistonliklar, baliqdan damlangan palov tanovul qilgan Pavel Durov va Telegram’da reklamalarning ommalaşişi sabablari haqida gapirib berdi.
Bakiyevning kompaniyasi Telegram bilan rasmiy şartnoma imzolagan va özbek tilida reklama joylaş uçun Telegram ADS platformasi orqali eksklyuziv litsenziya olgan Özbekistondagi birinçi va yagona kompaniya.
«MDHda töğridan töğri şartnomaga ega bölgan atigi beşta kompaniya bor, oltinçisi bizniki, ya’ni ikkitasi Ukrainada, uçtasi Rossiyada va bittasi Özbekistonda. Dastlab platforma rus tilida işlay boşladi va Telegram kanallari til böyiça ajratildi. Agar kanal rus tilida yuritilsa, u rus tili deb hisoblangan. Özbekistonda özbek kanallaridan taşqari rus tilidagi kanallar ham bor. Şu sababli, u yerda Rossiya brendlarining reklamalari paydo böla boşladi, çunki Telegram avtomatik tarzda bu Rossiyami yoki Özbekiston, farqlay olmadi. Şu bois, biz Rossiya agentliklaridan biri bilan kelişib, rus tilidagi özbek kanallarida reklama joylaştiriş uçun agentlik şartnomasini imzoladik.
Biroz işlaganimizdan söng xuddi hozirgidek esimda, payşanba kuni, taxminan soat törtlarda edi. Menga Rossiyadan qönğiroq qilişdi: «Timur, Telegram özbek tilida reklama berişni rejalaştirmoqda. Iltimos, bizga 10 ming yevrolik 3-4 ta mijoz toping, ularda reklama qilişni sinab körişimiz mumkin». Men: «Xöp, körib çiqaman. Gaplaşamiz». Göşakni qöyib, yordamçimga qönğiroq qildim va Dubayga çipta kerakligini aytdim. Öşanda viza ham talab qilinardi, hozir BAAga vizasiz uçişimiz mumkin, u paytda esa yöq edi. Menga çipta sotib olişdi va tuşundimki, juma ertalab uçişim kerak, lekin hali viza olişim zarur. Xullas, biz buni uddaladik, u yerda köp voqealar sodir böldi.
Erta tongda samolyotga ötirdim, soat ön birda Dubayga yetib keldim. Qarasam, Dubayda dam oliş kuni, Muhammad alayhissalomning tuğilgan kuni ekan. Hamma joy yopiq, bayram, heç narsa işlamayapti. Idoraga yöl oldim. Odamlar u yoq bu yoqqa yurişardi. Yigitlardan söradim: «Menga Telegram kerak, Telegram bilan uçraşişim zarur». Şunda odamlardan biri: «Kel, men sen bilan aloqani ulaşaman», dedi. Men faqat kim bilan uçraşişim kerakligini bilardim. Ilya Perekopskiy, Telegram’ning vitse-prezidenti, u reklama faoliyati va moliya uçun mas’ul. Menga uning foydalanuvçi nomini berişdi va: «Yoz, javob bersa beradi, bermasa yöq», deyişdi. Yozdim va u javob berdi. «Keling, duşanba kuni uçraşamiz», dedi. Aslida 20 daqiqalik uçraşuv haqida kelişgan edik, lekin uçraşuvimiz bir yarim soat davom etdi va men şartnoma bilan qaytdim. Şunday qilib, hamkorlik örnatildi. Bundan taşqari, biz darhol lotin alifbosida ham işlaşni söradik, çunki kirill va lotin yozuvlari mavjud. Bu muhim jihat. Şundan söng biz ajratişni boşladik: ularni hududiy jihatdan farqlaş mumkin bölişi uçun Telegram’ga kanallar röyxatini yubora boşladik. Şu tariqa Telegram bilan birga bir yarim mingdan ortiq kanal Özbekistonga tegişli ekanini belgilab çiqdik.







