Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroil Ğazoda yangi harbiy operatsiyani boşladi
Isroil qöşinlari Ğazo sektorida «Gideon jangovar aravalari» nomini olgan yangi yirik harbiy operatsiyaning birinçi bosqiçini boşladi. Gap anklavning «strategik hududlari»ni nazoratga oliş haqida ketmoqda.
Mudofaa vazirligi bayonotida aytilişiça, sönggi 24 soat içida armiya «keng kölamli hujumlar uyuştirgan va Ğazo sektoridagi strategik hududlarni egallaş uçun kuçlarni safarbar qilgan». Bu operatsiyaning dastlabki bosqiçi va u “garovga olinganlarni ozod qiliş va HAMAS harakatini yöq qiliş uçun» amalga oşirilmoqda.
Isroil rasmiylari ommaviy axborot vositalariga operatsiya quyidagi maqsadlarni közlaganini bildirgan. Xususan, Isroil armiyasining Ğazoni «zabt etişi» va hudud ustidan nazoratni saqlab turişi, Falastin tinç aholisini janubga köçiriş, HAMAS a’zolariga hujum qiliş, guruhning – humanitar yordam ta’minoti ustidan nazoratni qölga kiritişiga yöl qöymaslik.
18 may kuni boşlangan, Isroil yangi operatsiya deb atayotgan, Ğazo sektorining turli hududlariga uyuştirilgan ommaviy hujumlar natijasida yuzlab ğazolik tinç aholi vafot etmoqda. Xususan, Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligining Anadolu agentligiga ma’lum qilişiça, 18 maydagi hujumlar oqibatida 106 nafar falastinlik halok böldi.
Isroil qöşinlari Ğazoga qarşi intensiv hujumlarni sektorning şimolidagi Indoneziya kasalxonasini örab olib, muassasaga oğir artilleriyadan öq uziş bilan boşladi. Ğazo SSV bayonotiga köra, içkarida qolgan 55 nafar bemorlar va tibbiyot xodimlari orasida kuçli vahima va tartibsizlik yuzaga kelgan. Soğliqni saqlaş vazirligi tegişli xalqaro taşkilotlarni yuz berayotgan voqealar böyiça zudlik bilan çoralar körişga çaqirdi.
Hamasning navbatdagi qömondoni ham öldirildi
Ğazo sektori janubidagi Xon Yunus şahrida joylaşgan tunneldan HAMAS yetakçisi Muhammad Sinvarning jasadi topildi. U Isroil aviazarbasi oqibatida bir neça kun oldin öldirilgan, deb xabar beradi Al Arabiya öz manbalariga tayanib.
Xon Yunusdagi Yevropa şifoxonasi hududidan Sinvardan taşqari uning 10 nafar yordamçisining ham jasadi topilgan.
Isroil harbiylari Xon Yunusdagi Yevropa şifoxonasiga 13 may kuni aviarzarbalarni amalga oşirgan edi. TSAHAL xabariga köra, şifoxona ostida HAMASning qömondonlik punkti bölgan.








