Taşrif davomida Ispaniyaning eksport-kredit suğurta agentligi CESCE bilan muzokaralar olib borildi va kelişuv imzolandi. Şuningdek, Italiya eksport suğurtasi kompaniyasi SACE bilan bölajak taşrif doirasida imzolanişi rejalaştirilgan bitim tayyorlandi. Bu bitimlar Ispaniya va Italiyadan Özbekistonga investitsiyalar va savdo operatsiyalarini suğurta himoyasi bilan ta’minlaş, şuningdek, özbek biznes loyihalarini uşbu davlatlarga çiqişini suğurtalaşni nazarda tutadi. Ayniqsa, Özbekiston iqtisodiyotining ustuvor yönalişlarida kiçik va örta biznes investitsiyalarini suğurta orqali qöllab-quvvatlaş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan taşqari, AON Italiya, AON Ispaniya, Howden Iberia, Barens Re, MAPFRE, Hispania  kabi yetakçi xususiy suğurta va brokerlik kompaniyalari bilan uçraşuvlar ötkazildi va bitimlar imzolandi. Bu bitimlar “Özbekinvest” kompaniyasining mulk, muhandislik, moliyaviy, aviatsiya xatarlari va uçinçi mamlakatlar bozorlarida yuklarni suğurtalaş sohasida global qayta suğurtalaş dasturlari doirasida uşbu mamlakatlar suğurta bozorlariga faol kirib borişini nazarda tutadi.

Moliyaviy doiralar vakillari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi va davlat hamda xususiy suğurta kompaniyalari orqali özaro investitsiyalar va savdoni suğurta himoyasi bilan ta’minlaş kanallarini kengaytiriş zarurligini ta’kidladilar. Şuningdek, xorij tomoni uşbu bitimlarning kutilayotgan oliy va yuqori darajadagi taşriflar, ular davrida bölib ötadigan Özbekiston, Italiya va Ispaniya işbilarmon doiralari örtasida ötkazilişi rejalaştirilgan biznes-forumlar va uçraşuvlar arafasida öz vaqtida imzolangani va tayyorlangani muhimligiga alohida urğu berdi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida