Özbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan kelişilgan holda «Tajyen» nazorat-ötkaziş punkti orqali jismoniy şaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va yuk kötariş quvvati 3,5 tonnagaça bölgan transport vositalari uçun harakat vaqtinça töxtatildi, deb xabar berdi «Kazinform» Qozoğiston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qömitasiga tayanib.
Qozoğiston va Özbekiston çegarasidagi nazorat-ötkaziş punktining yopilişi 1 sentabrga qadar uzaytirildi.
— Mazkur qaror fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş, nazorat-ötkaziş punktida quriliş va rekonstruksiya işlarini jadallaştiriş maqsadida qabul qilingan. Ayni paytda keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda: metall konstruksiyalarni örnatiş, muhandislik tarmoqlarini yotqiziş, binolarni kapital ta’mirlaş, deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, may oyidan avgustgaça Qozoğiston «Tajyen» (Qozoğiston) va «Dovut Ota» (Özbekiston) punktlari orasidagi neytral çiziqda yöl quradi. Özbekiston tomonida ham şunday işlar rejalaştirilgan.
Quriliş işlari olib borilayotgani munosabati bilan Qozoğiston Özbekiston tomoniga çegaradan ötiş çeklovini yana 4 oyga — 2025 yil 1 sentabrgaça uzaytiriş taklifi bilan rasman murojaat qildi. Ta’kidlanişiça, Özbekiston taşabbusni qöllab-quvvatladi.
2025 yil 1 fevraldan boşlab «Tajyen» (Qozoğiston) - «Dovut Ota» (Özbekiston) nazorat-ötkaziş punktlari orqali 3,5 tonnagaça yengil, avtobus va yuk avtomobillarining ötişi ta’mirlaş işlari tufayli vaqtinça töxtatilgan edi.









