Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb Donald Tramp bilan bölib ötgan telefon suhbatidan keyin uning «sabri tugaşni boşlagani»ni ma’lum qildi.
Stubbning sözlariga köra, 17 may kuni u Tramp bilan telefon orqali uzoq gaplaşgan, yakşanba kuni ertalab esa Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qönğiroqlaşgan.
«Zelenskiy sabrli, ammo Tramp [Vladimir] Putinga nisbatan sabrini yöqotişni boşlagan», — deydi Stubb STT’ga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlaşiça, oxirgi ikki haftada işlar «Ukraina uçun ijobiy yönalişda» siljigan. Stubbning qöşimça qilişiça, Finlandiya Zelenskiyning 24-25 iyun kunlari Haagada bölib ötadigan NATO sammitidagi iştirokini qöllab-quvvatlaydi.
14 may kuni Italiyaning ANSA agentligi diplomatik manbalariga tayanib, AQŞ Zelenskiyning NATO sammitiga taklif qilinişiga qarşi ekani haqida yozdi. Hozirça sammitda iştirok etiş uçun alyans tarkibiga kirmaydigan faqat törtta davlat — Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya taklif olgan.









