Donald Tramp ma’muriyati e’lon qilgan «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi böyiça Qöşma Ştatlarni öz ixtiyori bilan tark etgan Gonduras va Kolumbiyaning 64 nafar fuqarosi bölgan birinçi charter samolyoti Gonduras va Kolumbiyaga yetib bordi. Bu haqda 19 may, duşanba kuni e’lon qilingan AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi press-relizida ma’lumot berildi.

Departamentning ta’kidlaşiça, noqonuniy migrantlar özlarini yangi CBP Home ilovasida röyxatdan ötkazişgan. Ular uçun Xyustondan ikkita töxtaş joyi bölgan charter reys taşkil etildi. Ular bepul çipta, 1000 dollar tölov va AQŞga qonuniy yöl bilan qaytiş imkoniyatiga ega böldilar.

38 kişi qaytib kelgan Gonduras hukumati ularga har biriga qöşimça 100 dollar va oziq-ovqat talonlari taqdim etdi, şuningdek, iş topişda yordam va’da qildi. Kolumbiyaga qaytgan 26 kişiga mamlakat hukumati tomonidan «ijtimoiy xizmatlar körsatildi», deb xabar berdi AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi.

Içki xavfsizlik vazirligi rahbari Kristi Noem Qöşma Ştatlarda qolgan hujjatsiz muhojirlarni bundan örnak olişga çaqirdi, aks holda ular «jarima bilan jazolanadi, hibsga olinadi, deportatsiya qilinadi va heç qaçon qaytib kelişiga ruxsat berilmaydi».