Fransiyada bir neça oy içida kripto-tadbirkorlar va ularning qarindoşlariga qarşi bir qator hujumlar sodir böldi. Hujumlarning maqsadi har safar bir xil – pul evaziga öğirlaş. Va ba’zi urinişlar muvaffaqiyatli böldi. Şunga öxşaş voqealar dunyoning boşqa mamlakatlarida ham sodir bölmoqda, ammo Fransiyada muammo allaqaçon içki işlar vaziriga yetib borgan – va u bular ahyon-ahyonda uçraydigan hodisalar emasligini tasdiqlagan. Katta ehtimol bilan, kripto-boylarni ovlaydigan qandaydir jinoiy guruh yuzaga kelgan, deb yozadi The Wall Street Journal.
16 may kuni Fransiya içki işlar vaziri Bryuno Retayo kriptovalutalar bilan boğliq kompaniyalar rahbarlarini uçraşuvga taklif qildi. Unda kriptobiznesmenlarga qarşi davomli hujumlar muhokama qilingan.
Uçraşuvga Paymium kriptovaluta birjasining hammuassisi va boş direktori Piyer Nuazning qizi va nabirasiga qilingan hujum bevosita sabab bölgan. Bu voqea 13 may kuni ertalab Parijda sodir böldi. Noma’lum şaxslar ikki yoşli qizi bilan ayolni öğirlamoqçi bölgan, biroq uning turmuş örtoği ötkinçilar yordamida bezorilardan qoçişga muvaffaq bölgan.
Retayo bir neça oy içida Fransiyada kamida beşta şunga öxşaş hujum sodir bölganini tasdiqladi. Şunday qilib, yanvar oyida kriptohamyonlar işlab çiqaruvçi Ledger kompaniyasi hammuassisi David Ballan va uning rafiqasi öğirlab ketilgan. Ballanning hamkorlariga 10 million yevrolik tovon puli talab qilingan bir neçta video yuborilgan. Videolardan birida Ballanning barmoği kesib taşlangani aks etgan.
Politsiya Ballan uşlab turilgan joyni topib, uni ozod etişga muvaffaq böldi. Öğrilar tadbirkorning rafiqasni alohida joyda saqlaşgan. Ertasi kuni uni pul evaziga ozod qilişgan. Ballanning hamkorlari keyinçalik tölovning katta qismini qaytarib olişga muvaffaq bölişgan.
Ança oldinroq röy bergan voqealar ham bor. 2023 yil avgust oyida Maltada yaşovçi, YouTube va Twitch’dagi strimlari bilan tanilgan fransiyalik professional poker öyinçisi Killian Desnoning otasi öğirlab ketilgan. Desnoga otasining boğlab qöyilgani va boşiga töpponça tirab qöyilgani aks etgan video yuborişgan. Desno tovon puli tölagan va otasi ozod qilinişiga erişgan. Tez orada politsiya gumonlanuvçilarni qölga oldi. WSJ manbasiga köra, ulardan biri keyinçalik qamoqda bölganida Ballanni öğirlaşni taşkillaştirişda iştirok etgan.
Fransiya içki işlar vaziri bu hodisalarning barçasi bir-biri bilan boğliqligini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, öğirlik buyurtmaçilari yoş jinoyatçilar orasidan ijroçilarni topib, Telegram va Signal messenjerlari orqali ular bilan boğlanişadi. Bu usul qisman nima uçun öğirliklar köpinça muvaffaqiyatsizlikka uçraşini izohlaydi: ularni eng tajribali banditlar amalga oşirmaydi.









