Joriy yilning 19 may kuni Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari Nodira Şotursunova, Germaniyaning Gesamtmasche uyuşmasi raisi Silviya Yungbauer va Sequa kompaniyasi vakili Oana Steopan örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Savdo-sanoat palatasi va Germaniyaning Gesamtmasche uyuşmasi bir neça yildan beri Özbekiston töqimaçilik korxonalari uçun öquv dasturlari hamda Germaniyada amaliy tajriba ötaşga qaratilgan qöşma dasturlarni amalga oşirib kelmoqda.

Uçraşuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş yuzasidan takliflar bilan almaşişdi. Jumladan:

◾️O‘zbekiston töqimaçilik korxonalari uçun nemis uskunalaridan foydalaniş böyiça qöllanmalarni joriy etiş;
 ◾️To‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan ayol menejerlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş;
 ◾️O‘zbek-nemis töqimaçilik korxonalari örtasida hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida doimiy muloqot va tajriba almaşinuvi uçun platforma joriy etiş.

Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş muhimligini ta’kidlab, joriy yil mobaynida qöşma tadbir ötkaziş yuzasidan kelişuvga erişişdi.