Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi Moskva şahrida joylaşgan migratsiya markazida vafot etgan fuqaro yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim internet naşrlarida Moskva şahrida joylaşgan «Saxarovo» migratsiya markazida xorijiy fuqaroning vafoti haqida turli xabarlar tarqaldi.
Özbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi mazkur holat yuzasidan aniqlaş işlarini olib bordi va rasmiy ma’lumotlarni jamladi.
Qayd etilişiça, 2025 yil 15 may kuni «Saxarovo» migratsiya markazida hujjat rasmiylaştiriş uçun navbatda turgan fuqaro özini noxuş his qilgan va unda tösatdan yurak xuruji röy bergan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, u vafot etgan.
Olib borilgan tekşiruvlar natijasida marhum Tojikiston fuqarosi ekani aniqlangan. Bu ma’lumot rasman Tojikistonning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatli organlari tomonidan ham tasdiqlangan.
«Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiyaning tegişli idoralari tomonidan huquqiy tekşiruv işlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2024 yil dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin muhojirlardan 30 aprelgaça öz maqomini qonuniylaştiriş yoki mamlakatni tark etişni talab qiluvçi farmonni imzolagandi. Hujjat Rossiyaning ötgan bahorda boşlangan migratsiya siyosatining keskinlaşuvi oqibati bölgan. Keyinroq Putin mehnat muhojirlari uçun öz maqomini qonuniylaştiriş muddatini uzaytirdi.
5 fevraldan Rossiyada çet el fuqarolarini mamlakatdan çiqarib yuborişning alohida rejimi işga tuşgan — endi deportatsiya töğrisidagi qarorni hududiy va transport politsiyasi bölinmalari boşliqlari va boşliq örinbosarlari, şuningdek, Içki işlar vazirligining migratsiya xizmatlari boşliqlari qabul qilişi mumkin.








