Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» öt oçişni töxtatiş va uruşni yakunlaş böyiça muzokaralar boşlaydi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan bölib ötgan telefon muloqotidan keyin ma’lum qildi.
«Hozirgina Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soatlik telefon muloqotim yakunlandi. Öylaşimça, u yaxşi keçdi. Rossiya va Ukraina zudlik bilan öt oçişni töxtatiş va muhimi, uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarni boşlaydi», — deb yozadi Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğiga.
Uning ta’kidlaşiça, bölajak kelişuv şartlari bevosita Moskva va Kiyev tomonidan işlab çiqiladi, çunki «muzokaralar jarayonining boşqa heç kimga ma’lum bölmagan tafsilotlarini faqat ular biladi». Trampning sözlariga köra, u Putin bilan konstruktiv muhitda suhbatlaşgan. «Suhbat ohangi va ruhi a’lo darajada edi. Agar bu boşqaça bölganida, men buni keyin emas, aynan hozir aytgan bölardim», — deya qöşimça qiladi u.
Bundan taşqari, AQŞ prezidenti Putin uruş tugaganidan keyin Qöşma Ştatlar bilan keng kölamli savdo hamkorligiga tayyor ekanini bildirganini qayd etdi. «Rossiya bu fojiali «qonli hammom» yakunlanganidan keyin Qöşma Ştatlar bilan keng qamrovli savdo munosabatlarini yölga qöymoqçi. Men bu ğoyani qöllab-quvvatlayman», — deydi Tramp.
Trampning fikriça, Rossiyada ulkan iqtisodiy salohiyat mavjud, u yangi iş örinlarini yaratiş va hayot darajasini oşiriş imkonini beradi. «Bu salohiyat — deyarli çeksiz», — deydi u. Şu bilan birga, Trampning qöşimça qilişiça, uruşdan keyingi tiklaniş jarayonida Ukraina ham kelajakdagi savdo aloqalarining asosiy manfaatdorlaridan biriga aylanişi mumkin.
«Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar zudlik bilan boşlanadi — bu haqda men Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubbga Vladimir Putin bilan suhbatdan söng darhol telefon orqali ma’lum qildim. Vatikan esa Rim papasi orqali bu muzokaralarni öz hududida ötkazişga alohida qiziqiş bildirmoqda», — deya ta’kidlaydi AQŞ prezidenti.
Putin ham AQŞ prezidenti bilan bölib ötgan muloqotni yuqori baholadi. Rossiya prezidentining sözlariga köra, u Trampga Rossiya Ukrainaga «bölajak tinçlik sulhining memorandum» ustida birgalikda işlaş taklifini berişga tayyorligini ma’lum qilgan









