Ukrainani duşman davlat deb hisoblaydigan Rossiya fuqarolari uluşi 2014 yildan beri eng past darajaga tuşdi. Bu haqda Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi (VsIOM) 19 may, duşanba kuni çop etilgan hisobotida aytiladi. 2025 yil aprel oyida VsIOM ötkazgan sörovda respondentlarning 38 foizi Ukrainani Rossiya bilan «eng keskin, duşmanlik munosabatlari» bölgan davlatlar qatoriga kiritgan.
2014 yilda Rossiya Qrimni qöşib olib, Ukraina şarqida harbiy harakatlar boşlaganida bu körsatkiç 32 foiz, 2018 yilda 39 foiz, 2019 yilda 53 foiz, 2022 yilda 43 foizni taşkil etgan, deyiladi hujjatda. Şunday qilib, hozirda Ukraina, sörov natijalariga köra, Rossiyaga «eng duşman» davlatlar röyxatida törtinçi örinda. Uç yil oldin u Qöşma Ştatlardan keyin ikkinçi örinni egallagan.
Öz navbatida, sönggi 11 yil içida rossiyaliklarning 67-76 foizi duşman deb hisoblangan Amerika Qöşma Ştatlari hozirda 27 foiz natija bilan faqat beşinçi örinni egallab turibdi.
Hozirda rossiyaliklar özlarining uçta asosiy duşmanini Fransiya (sörovda qatnaşganlarning 48 foizi), Buyuk Britaniya (42 foiz) va Germaniya (41 foiz) deb hisoblaşadi. Kuçli önlikka Polşa (26 foiz), Latviya, Litva, umuman Boltiqböyi davlatlari va «Yevropa Ittifoqi/Yevropa davlatlari» (barçasi – 9 foiz) kirdi. Tegişli savol oçiq bölib, respondentlardan beştadan köp bölmagan javob berişi söralgan.









