20-22 may kunlari Kanadada bölib ötadigan G7 moliya vazirlarining yiğilişida Yevropa Ittifoqi dengiz orqali taşiladigan Rossiya neftining maksimal xarid narxini pasaytirişni taklif qiladi. Bu haqda 19 may, duşanba kuni Yevropaning iqtisodiy masalalar böyiça komissari Valdis Dombrovskis ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters. Uning sözlariga köra, YeI komissiyasi bu masalani Rossiyaga Ukrainaga harbiy intervensiyasi uçun joriy qilingan iqtisodiy sanksiyalarning yangi paketini muhokama qiliş çoğida kötargan. Dombrovskis Yevropa Ittifoqi «narxlar şiftini» qay darajada pasaytirmoqçi ekanligiga aniqlik kiritmadi, biroq munozaralardan xabardor bölgan Yevropa Ittifoqining nomi oşkor etilmagan rasmiylari Reuters agentligiga bir barrel uçun 50 dollar işlab çiqilayotganini aytişdi. Hozirda Rossiyadan bir barrel neft uçun «narx şifti» 60 dollarni taşkil etadi.
Yevropa Ittifoqi hozirda Ukrainadagi tajovuzkorligi uçun Moskvaga qarşi bir vaqtning özida «eng katta» sanksiyalar rejimini qöllaşni tayyorlamoqda, bu 20 may kuni YeI Taşqi işlar kengaşi yiğilişida e’lon qilinadi. Kanadada navbatdagi, 17-jazo çoralari töplami qabul qilinadi. Uning doirasida sanksiyalar röyxatiga 75 ta yangi yuridik va jismoniy şaxslar, şuningdek, amaldagi embargoni çetlab ötib, Rossiya neft va neft mahsulotlarini xorijiy bayroqlar ostida taşiydigan «soyadagi flot»ning 200 ta kemasi qöşiladi. Bu Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatidagi şaxslar sonini 2500 dan, kemalar sonini esa 300 dan oşiradi.
Gibrid faoliyat uçun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi doirasida Rossiya Federatsiyasida 27 jismoniy va yuridik şaxslarga nisbatan tarmoq çoralari, şuningdek, individual sanksiyalar joriy etiladi. Yevropa Ittifoqining inson huquqlarini buzganlik uçun global sanksiya rejimi doirasida Rossiyadan yana 28 jismoniy va yuridik şaxs sanksiyalar röyxatiga kiritiladi. Bundan taşqari, kimyoviy qurol qöllagani uçun Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etiş rejalaştirilmoqda. Gap ommaviy tartibsizliklarni bostirişning kimyoviy vositalari haqida ketmoqda, Moskva undan Ukrainada uruş olib boriş vositasi sifatida foydalanmoqda, deyiladi ma’lumotda.









