Qarorga köra, 2025–2030 yillarda Özbekistonda bolalar saratoniga qarşi kuraşişning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- bolalar saratonini erta bosqiçlarda aniqlaş holatlari uluşini 65 foizgaça oşiriş;

- onkologik va onkogematologik kasalliklarga çalingan bolalarning 1 yillik yaşovçanligini 34 foizdan 90 foizgaça, 5 yillik yaşovçanligini esa kamida 60 foizgaça oşiriş;

- saraton kasalligiga çalingan bolalarni 100 foiz ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam bilan qamrab oliş.

2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi milliy strategiyasi (Strategiya) işlab çiqildi.

Farmon bilan 2025–2026 yillarda bolalar saratoniga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Strategiyani joriy etiş loyihasi 2025–2026 yillarda Samarqand şahri va Iştixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oşiriladi hamda kelgusida zarur şart-şaroitlar yaratilişiga qarab mamlakatning boşqa hududlariga parallel ravişda kengaytiriladi.

Qarorga köra, 2025 yil 1 iyulgaça «Elektron soğliqni saqlaş» axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga çalingan bolalarni röyxatga oliş, taşxislaş, davolaş, dispanser kuzatuvi hamda yönaltiriş jarayonlarini öz içiga olgan bemorlarning raqamlaştirilgan marşruti joriy etiladi.

Bunda şifokor qabuliga masofadan yoziliş hamda onlayn konsultatsiyalar ötkaziş imkoniyati yaratiladi.

2025 yil yakunigaça Strategiyani joriy etiş loyihasini amalga oşiriş doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar saratoni böyiça xalqaro akademik xab taşkil etiladi.

Akademik xab ilmiy-ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:

- xalqaro sertifikatlaştiriş va uzluksiz tibbiy ta’lim tizimi böyiça ballar töplaş standartlariga mos keladigan xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etiş;