Madrid provinsiyasidagi Posuelo-de-Alarkon şahrida joylaşgan Amerika maktabi darvozasi oldida Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç ma’muriyati boşliğining sobiq örinbosari Andrey Portnov otib ketildi, deb xabar beradi Reuters.
Ma’lumotlarga köra, politsiya mahalliy vaqt bilan soat 09:15 da öq uzilgani töğrisida xabar olgan. Şu bilan birga, politsiya qurbonning kimligini oşkor etmagan. Sky News’ning aniqlik kiritişiça, Portnov bolalarini maktabga olib borganida noma’lum şaxs unga öq uzgan.
51 yoşli Portnov Lugansk oblastida tuğilgan, advokatlik faoliyati bilan şuğullangan, 2006 yilda Ukraina Oliy radasi xalq deputatligiga saylangan. 2010 yilda Yuliya Timoşenkoning mağlubiyatidan keyin sudda uning manfaatlarini himoya qilgan. 2011-2014 yillarda Portnov prezident Viktor Yanukoviçning maslahatçisi bölgan; Maydondagi norozilik namoyişlari vaqtida Yanukoviç bilan birga siyosiy inqirozni hal etiş böyiça işçi guruh tarkibiga kiritilgan.
Keyinroq Yanukoviç ma’muriyatida Portnov Prezident administratsiyasi rahbari örinbosari bölgan. U Ukrainani 2015 yil boşida tark etgan.
AQŞ Portnovga qarşi 2021 yilda sanksiyalar joriy etgan. Bunga u pora orqali «Ukrainaning sud va huquqni muhofaza qiliş apparati bilan keng aloqalar örnatgani» va öz ta’sir doirasidan «Ukraina sudlarida qaror qabul qilinişida» foydalangani sabab qilib körsatilgan. 2019 yilda Portnov Ukrainaga qaytişini e’lon qilgandi. U saylovlarda Volodimir Zelenskiyni qöllab-quvvatlagan va sobiq prezident Pyotr Poroşenko ustidan Davlat tergov byurosiga uni lavozimida bölgan vaqtida «jinoiy harakatlar»da ayblab, şikoyatlar berişni boşlagan. 2022 yil iyunda «Sxemi» suriştiruv loyihasi Portnov Ukrainadan çiqib ketganini aniqlagan edi.









