Farmonni qabul qilişdan közlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 iqtidorli yoşlarni barvaqt aniqlaş va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantiriş;
🔹 yoşlar bilan manzilli işlaş orqali global mehnat bozorida raqobatbardoş bölgan mutaxassislar tayyorlaş hamda mamlakat taraqqiyoti uçun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratiş.
Farmonga köra, “Prezident iqtidorli farzandlari” taşabbusi va uni qöllab-quvvatlaş böyiça milliy dastur amalga oşiriladi.
Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni taşkil etiladi.
Şuningdek, Iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamjamiyati faoliyati yölga qöyiladi.









