Budapeştdagi Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammiti doirasida «Turkiy dunyo birligiga qöşgan hissasi uçun» Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topşiriş marosimi bölib ötdi.
Bu yil mukofotga taniqli turk biokimyogari, Nobel mukofoti sovrindori, Özbekiston Milliy universiteti faxriy doktori Aziz Sanjar sazovor böldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Aziz Sanjarni samimiy tabriklab, nufuzli mukofotning ilm-fan arbobiga topşirilişi turkiy dunyo olimlari, jumladan, yoşlarni yangi marralarni zabt etişga ilhomlantirişini alohida ta’kidladi.

Turkiy davlatlar taşkilotining buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alişer Navoiy nomidagi mukofoti Özbekiston rahbari taşabbusi bilan 2021 yilda ta’sis etilgan. U turkiy madaniyatni tarğib qiliş, tinçlikni saqlaş, xavfsizlikni ta’minlaş va işonçni mustahkamlaş, şuningdek, turkiy xalqlar örtasida turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirişga qöşilgan alohida hissa uçun har ikki yilda bir marta topşiriladi.
Mukofot ilk bor 2022 yilda qirğiz yozuvçisi va jamoat arbobi marhum Çingiz Aytmatovga berilgan edi.












