APL, 37-tur
«Mançester Siti» – «Bornmut» 3:1
Gollar: Marmuş 14, Silva 38, Niko 89 – Jyebbison 90+6.
«Mançester Siti»: Ederson, Ruben Diaş, Akanji, Gvardiol, Mateus Nunes, Kovaçiç, Gundöğan (Griliş, 90+2), De Bryuyne (Gonsales, 69), Marmuş (Doku, 90+2), Bernardu Silva (Bobb, 90+2), Holand (Rodri, 82)
«Bornmut»: Arrisabalaga, Hausen, Zabarniy, Kerkez (Soler, 83), Arauxo (Smit, 69), Kuk, Adams, Klyuyvert (Bruks, 46), Semenyo, Taverniye, Evanilson (Jyebbison, 83)
Ogohlantirişlar: Ederson 67 – Hausen 36, Arauxo 44, Taverne 88
Çetlatişlar: Kovaçiç 67 – Kuk 73.

Mavsum avvalida APLning 35-turida «Mançester Siti» va «Bornmut» örtasidagi uçraşuv birdaniga beş jamoa uçun hal qiluvçi öyin bölişini heç kim tasavvur qila olmasdi. Ammo Xosep Gvardiolaning faoliyatidagi eng yomon mavsum barçasini ayqaş-uyqaş qilib yubordi, Angliya Çempionlar ligasi uçun beşinçi yöllanmaga ega çiqişi intrigani maksimal darajada kuçaytirdi.

«Etihad»dagi öyin boşlanganida onlayn turnir jadvalida «Siti» töplar nisbati yaxşiligi hisobiga «Nyukasl», «Çelsi» va «Aston Villa»ni ortda qoldirib, uçinçi öringa kötarilib oldi. Şu bilan birga, yettinçi örinni egallab turgan «Nottinghem Forest» bilan oradagi farq atigi bir oçkoni taşkil etayotgandi.

Lekin vaziyat tezda favorit foydasiga özgardi. 14-daqiqada Marmuş markaziy doira atrofida töpni qabul qilib olib, jarima maydoni yaqinigaça bordi va taxminan 30 metr masofadan zarba yölladi, töp aql bovar qilmas trayektoriya böylab «töqqizlik»ni aniq nişonga oldi. Töp ustundan rikoşet bölib törga borib tuşişi gol yanada çiroyli köriniş olişini ta’minladi.

Angliya kubogi finalida penaltidan foydalana olmagan misrlik futbolçi uçun ança uzoq masofadan gol uriş osonroq bölib çiqdi. Uşbu futbolçi köp ötmay De Bryuyneni juda qulay vaziyatga çiqardi, ammo tajribali futbolçi beş metr masofadan turib darvoza tösinini poyladi.

Va baribir tribunalar şu kuni «Siti»ning uy arenasida sönggi öyinini ötkazayotgan belgiyalikni olqişlaşdi va sardor şarafiga qöşiqlar kuylaşdi. Şu bilan birga, u foydalana olmagan vaziyat qimmatga tuşişi ham mumkin edi, biroz ötib Yoşko Gvardiolning xatosidan keyin Evanilsonda juda qulay vaziyat yuzaga keldi (u bu mavsumda çempionat öyinida ham, Angliya Kubogida ham Gvardiola jamoasi darvozasiga gol urgan), ammo uning yaqin masofadan yöllagan zarbasi ustunga bordi. Bir neça daqiqa ötib jarima maydoni içiga kirib borgan Gundöğan Bernardu Silvani golli pas bilan ta’minladi.