Donald Tramp AQŞ uzra umumiy qiymati 175 milliard dollar bölgan «Oltin gumbaz» nomli yangi raketaga qarşi mudofaa tizimini yaratiş rejasini ma’lum qildi. 20 may, seşanba kuni Oq uyda ötkazilgan brifingda sözlagan AQŞ prezidenti yangi tizimni «çet eldan kelayotgan raketa hujumlaridan himoya qiluvçi raketa qalqoni» deb atadi.
Trampning sözlariga köra, yangi tizim gipertovuşli, ballistik va qanotli raketalarni urib tuşira oladi. U quruqlikda, dengizda va koinotda joylaştiriladi. «Ba’zi radarlar va tutqiçlar koinotga joylaştiriladi», — deya aniqlik kiritdi respublikaçi. Xuddi şu brifingda AQŞ mudofaa vaziri Pit Xegsetning aniqlik kiritişiça, yangi tizim oddiy yoki yadroviy qurol bölişidan qat’i nazar, turli turdagi raketalar va dronlarni tutib oliş uçun möljallangan.
Donald Trampning ta’kidlaşiça, tizim «taxminan uç yildan keyin» prezidentlik muddati tugagunga qadar işga tuşişi kerak. Uning sözlariga köra, Kanada rasmiylari raketaga qarşi mudofaa tizimiga qöşilişni istamoqda va muzokaralar kutilmoqda. «Oltin gumbaz» dasturi rahbari AQŞ kosmik kuçlari boşliğining örinbosari, general Maykl Getleyn böladi.
Tramp Isroilning şunga öxşaş nomdagi «Temir gumbaz» raketaga qarşi mudofaa tizimini tilga olib, Amerikaning «Oltin gumbazi» «juda rivojlangan» bölişini ta’kidladi.









