2025 yil yanvar-aprel oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 24,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 3 mlrd 443 mln dollarga yoki 16,3 foizga köp.

Bunda eksport hajmi 11,88 mlrd dollar (+35,1 foiz), import hajmi esa 12,73 mlrd dollar (+2,9 foiz) bölgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 846 mln dollargaça qisqargan.

Hisobot davrida taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy (17 foiz), Rossiya (15,1) Qozoğiston (5,7 foiz), Turkiya (3,4 foiz) va Janubiy Koreya (2,4 foiz) bilan qayd etilgan.
MO mamlakatlari bilan savdo hajmi
Oxirgi yillarda Özbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan özaro savdo hajmida pasayiş kuzatilyapti. Xususan, 2023 yil va 2025 yillikning yanvar-aprel oylarida bu körsatkiç (mln dollar hisobida) quyidagiça özgargan:

Dastlabki 4 oylikda yirik hamkor davlatlardan Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Litva bilan ham savdo aylanmasi miqdori qisqargan. Xitoy, Afğoniston, Fransiya, Germaniya, Hindiston, BAA kabi davlatlar bilan esa umumiy savdo hajmi sezilarli miqdorda oşgan.
Eksport
Hisobot davrida 5 mlrd 481 mln dollarlik (+60,1 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 46,1 foizini taşkil etadi. Şuningdek, eksport tarkibida sanoat tovarlari (10,1 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (5,6 foiz), kimyoviy vositalar (5,1 foiz), mineral yoqilğilar (3,5 foiz) va turli xil tayyor buyumlar (3,4 foiz) ham sezilarli uluşga ega bölgan.

Taşqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti böyiça asosiy hamkorlar Rossiya (10,2 foiz), XXR (5,1 foiz), Afğoniston (3,5 foiz), Qozoğiston (3,4 foiz), Turkiya (2,8 foiz), Fransiya (2,6 foiz), BAA (1,5 foiz), Tojikiston (1,3 foiz), Qirğiz Respublikasi (1,2 foiz) va Pokiston (1,1 foiz) kabi davlatlar bölgan. Ularning umumiy eksportdagi uluşi 32,7 foizni taşkil etadi.










