ANORBANK Jazoirda ötkazilayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining yillik yiğilişlarida iştirok etmoqda. Tadbirlar "Iqtisodiyotlarni diversifikatsiya qiliş — hayotni boyitiş" şiori ostida taşkil etilgan bölib, islom moliyasi va barqaror rivojlaniş sohasidagi eng muhim xalqaro platformalardan biri hisoblanadi.
Forum doirasida " ANORBANK " XSRIK bilan 10 million AQŞ dollari miqdorida moliyalaştiriş liniyasini taqdim etiş böyiça şartnoma imzoladi. Moliyalaştiriş Murobaha modeli asosida amalga oşiriladi va Özbekiston xususiy sektoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega va iqtisodiy jihatdan samarali loyihalarni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
Uşbu kelişuv ANORBANK uçun xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, sifatli investitsiyalarni jalb qiliş va islomiy moliyalaştirişni rivojlantiriş böyiça yangi imkoniyatlar oçadi. Bundan taşqari, taşabbus kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, mamlakatda investitsiya muhitini yaxşilaşga xizmat qiladi.
ANORBANK global hamkorlik sari yana bir muhim qadam taşlab, xalqaro moliya maydonida öz mavqeini mustahkamlaşda davom etmoqda.
Telefon: 1290
Veb-sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank
Reklama huquqi asosida








