2027 yildan har yili “Yorqin iste’dod” loyihasini amalga oşiriş uçun nazarda tutilgan mablağlar hisobidan Maktab bitiruvçilari va Milliy dastur iştirokçilarining xorijiy ta’lim taşkilotlarida ta’lim olişi uçun 200 tadan kvota ajratiladi. 

Kvota xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingning eng ilğor 100 ta oliy ta’lim taşkilotlari röyxatidagi taşkilotlarga kamida 50 foizlik grant asosida öqişga qabul qilingan Maktab bitiruvçilari va Milliy dastur iştirokçilariga ajratiladi.

Kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvçilari va Milliy dastur iştirokçisi bölgan öquvçilar soni 200 nafardan kam bölgan taqdirda, öqişga yuboriş böyiça tanlov ötkazilmaydi.

Kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvçilari va Milliy dastur iştirokçisi bölgan öquvçilar soni 200 nafardan oşganda, quyidagi ustuvorlik asosida tanlov amalga oşiriladi:

🔹 Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zosi hisoblanişi;
🔹 xorijiy oliy ta’lim taşkilotining xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingdagi örni;
🔹 oliy ta’lim taşkilotidan taqdim etilgan grant miqdori.