Tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qöşimça ustamalar tölanadi:

🔹 sayyor tibbiy xizmat körsatuvçi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoşi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;
🔹 tibbiyot brigadasiga belgilangan me’yorlardan 10 foiz ortiqça qöşimça biriktirilgan aholining har biri uçun mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 0,3 foizi miqdorida – şaharlarda, 0,5 foizi miqdorida – tumanlarda;
🔹 oila salomatligi böyiça maxsus öquv dasturi asosida taşkil etiladigan kurslarning barça bosqiçlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uçun sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida. 

Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (şahar) markaziy şifoxonalarida şifokorlarning oylik lavozim maoşlari – 20 foiz, örta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoşlari – 10 foiz miqdorida oşiriladi.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar va tuman (şahar) markaziy şifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun faoliyat samaradorligi körsatkiçlari (KPI) asosida oylik lavozim maoşining 100 foizigaça miqdorda ustama joriy etiladi.