21 may, çorşanba kuni Germaniya Taşqi işlar vazirligi X ijtimoiy tarmoği orqali şunday bayonot berdi: «Bugun Ğarbiy sohildagi Jyenin yaqinida Isroil mudofaa kuçlari röyxatga olingan diplomatik delegatsiyaga qarata öt oçdi, ular orasida nemis diplomati ham bor. Biz bu asossiz hujumni keskin qoralaymiz».

Belgiya taşqi işlar vaziri Maksim Prevoning sözlariga köra, taşrif Isroil armiyasi bilan oldindan kelişilgan va diplomatlar «aniq identifikatsiya qilinadigan avtomobillar» karvonida harakatlangan, deb yozadi AFP.

«Bu diplomatlar, jumladan, BMT xodimlari ham öqqa tutildi. Ular ogohlantirganmi yoki yöqmi, buni qabul qilib bölmaydi», dedi çorşanba kuni BMT boş kotibi Antonio Guterrişning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik. «Öz işini bajarayotgan diplomatlarga heç qaçon öq uzilmasligi yoki heç qanday tarzda hujum qilinmasligi kerak». BMT vakili Isroil tomonini «kelajakda bunday hodisalar yuz bermasligi» uçun çoralar körişga çaqirdi.

Isroil mudofaa kuçlari (TsAXAL) şunday bayonot berdi: «Dastlabki tergovga köra, delegatsiya tasdiqlangan marşrutdan çetga çiqib, ruxsat etilmagan hududga kirdi. Hududda faoliyat yuritgan TsAXAL askarlari ularni çalğitiş uçun ogohlantiruvçi öq otdi. Jarohatlanganlar va vayronagarçiliklar haqida ma’lumot yöq».