Bir erkak va bir ayol mahalliy vaqt bilan 21 may kuni soat 21:05 atrofida (Toşkent vaqti bilan 22 may kuni soat 06:05) Yahudiylar muzeyida Ğazo aholisiga yordam körsatişga bağişlangan tadbirdan çiqib ketayotganda öldirilgan, deb xabar berdi BBC’ga uçraşuv taşkilotçisi.
Isroil elçixonasi matbuot kotibi Tal Naim Koenning ma’lum qilişiça, qurbonlar hujum qilgan şaxs tomonidan yaqin masofadan turib otib öldirilgan.
Isroilning AQŞdagi elçixonasi Vaşingtonda halok bölgan juftlikning ismlarini oşkor etgan, şuningdek, Yaron va Saraning birgalikda tuşgan surati e’lon qilingan.
Isroil naşrlari ma’lumotiga köra, ularning töliq ismlari Yaron Lişçinskiy va Sara Milgrim.
Isroilning AQŞdagi elçisi Yyexiyel Leyter öldirilganlar turmuş quriş arafasida bölgan yoşlar bölganini ma’lum qilgan.
«Uşbu örnini töldirib bölmaydigan yöqotişdan qayğurişimiz va dahşatimizni töliq ifodalaş uçun söz yöq. Bizning qalbimiz ularning oilalari bilan. Elçixona uşbu dahşatli paytda ularga qölidan kelgan barça yordamni körsatadi», – deyiladi diplomatik idora xabarida.
Gumonlanuvçi politsiya tomonidan qölga olingan va u Çikagoda yaşovçi 30 yoşli Elias Rodriges ekani aniqlangan. Politsiyaning ta’kidlaşiça, u hibsga oliş çoğida «Falastinga ozodlik» şiorini baland ovozda aytgan.
Federal qidiruv byurosining Vaşingtondagi bölimi direktori örinbosari Stiv Jyensenning aytişiça, gumonlanuvçi «terrorizmga aloqadorligi ehtimoli» böyiça tekşiriladi.
Kolumbiya okrugi politsiyasi rahbari Pamela Smit matbuot anjumani çoğida Rodriges ilgari huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tuşmagani va uning tarjimayi holida «e’tiborni tortadigan heç narsa yöqligi»ni aytdi.
Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar «bugungi teraktdan larzaga tuşgani»ni aytdi va «butun dunyo böylab Isroil vakillari doimo xavf ostida» ekanini qöşimça qildi.
«Men Vaşingtonda sodir bölgan voqeadan hayratdaman. Bu nafrat va antisemitizmning jirkanç harakati bölib, Isroil elçixonasining ikki yoş xodimining hayotiga zomin böldi», – deb yozdi X ijtimoiy tarmoğida Isroil prezidenti Isxak Gersog.
AQŞ prezidenti Donald Tramp buni «juda açinarli» va «»yaqqol antisemitizmga asoslangan hujum» deb atadi.
«Biz Isroilning Vaşingtondagi elçixonasining ikki xodimi öldirilişini qat’iy qoralaymiz. Duolarimiz ularning yaqinlari bilan. Bu qörqoq, antisemit zöravonlikning qöpol harakati edi. Şubhalanmang: biz aybdorlarni topamiz va ularni odil sudlovga topşiramiz», – dedi AQŞ Davlat departamenti rahbari Marko Rubio.










