Xitoyning Şençjen şahrida öğirlangan iPhone telefonlari «qabristoni» topildi – u yerda butun dunyodan keltirilgan gadjetlar töplanib qolgan, deb yozdi Financial Times.

London, Los-Anjyeles va Nyu-Yorkda öğirlangan qurilmalar bu joyga köpinça öğirlikdan keyin bir hafta içida keltiriladi. Bino rasman Feiyang Times deb ataladi va u yerda smartfonlarni ta’mirlovçi va sotadigan dökonlar joylaşgan.

Biroq, jabrlanuvçilarning Apple forumlaridagi muhokamalariga köra, binoning törtinçi qavati işlatilgan iPhone smartfonlarini sotişga ixtisoslaşgan, ularning ba’zilari öğirlangan. Qurilmalar hatto bloklangan holatda ham keltiriladi: ehtiyot qismlarga talab yuqori, xaridorlar esa telefonlarning kelib çiqişiga ahamiyat bermaydi.

Masalan, londonlik Sem Amrani köçada qölidan tortib olingan iPhone 15 Pro smartfoni yölini kuzatib borişga muvaffaq böldi. Telefon Londondagi bir neçta manzillardan ötib Honkongga, u yerdan Şençjendagi binoga yetib borgan.

Firibgarlar bloklangan iPhone smartfonlarining ba’zi egalari bilan iMessage orqali boğlanib, ularni blokni yeçişga undagan, aks holda ona platani sotiş va şaxsiy ma’lumotlarni oşkor etiş bilan tahdid qilgan. Aslida bloklangan qurilmada ma’lumotlar mavjud emas, ammo tajribasiz foydalanuvçilar uçun xabar işonçli körinişi mumkin. Apple kompaniyasi hozirça vaziyatga izoh bermadi.