Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Belgradga taşrifi çoğida Serbiya «qayerda bölişni xohlaşi» böyiça «strategik, geostrategik» tanlov oldida turganini aytdi. 22 may, payşanba kuni Associated Press agentligi Yevropa Ittifoqi boş diplomatining sözlaridan iqtibos keltirdi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç Bryusselning ogohlantirişlarini e’tiborsiz qoldirib, 9 may Ğalaba kuni Moskvada ötkazilgan harbiy paradda qatnaşganidan ikki hafta ötgaç, Kallas: «Serbiyaning Yevropa kelajagi u qöllab-quvvatlaydigan qadriyatlarga boğliq», dedi.
Yevropa Ittifoqi boş diplomati Vuçiçga bu boradagi fikrlarini bildirdi. «Ukrainada bu dahşatli uruş olib borayotgan odam bilan nega yonma-yon turişimiz kerakligini tuşunmayapman», dedi Kallas. Uning qöşimça qilişiça, Serbiya prezidenti «öz versiyasini taqdim etgan».
Kallasning sözlariga köra, Serbiya siyosiy rahbariyati YeIga kirişni özining strategik maqsadi deb ataşda davom etmoqda. Biroq, Bryussel «bu sözlarni isbotlaydigan va qöllab-quvvatlaydigan harakatlarni körişni» istaydi, dedi u: «Islohotlar — bu Serbiyaning Yevropa Ittifoqi yölida qanday harakat qilişidir. A’zolikka heç qanday qisqa yöl yöq. Bu yerda Belgradda haqiqiy taraqqiyotga erişiş kerak».









