Vetnam hukumati aloqa operatorlaridan mamlakat hududida Telegramʼni bloklaşni talab qildi. Bunga messenjer hukumatga jinoiy işlar doirasida foydalanuvçilarning ma’lumotlarini taqdim etişdan boş tortgani sabab bölgan, deb xabar beradi Reuters.

Vetnam Texnologiyalar vazirligining farmoyişiga muvofiq, telekommunikatsiya kompaniyalari 2 iyunga qadar Telegramʼni bloklaş böyiça körilgan çora-tadbirlar töğrisida hisobot berişi kerak.

Şuningdek, uşbu hujjatda Vetnam politsiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ham keltirilgan bölib, unga köra, mamlakatdagi 9,6 mingta Telegram-kanalning 68 foizi noqonuniy faoliyat, jumladan, firibgarlik, giyohvand moddalar savdosi va «terrorizm bilan boğliq» işlar bilan şuğullanişi aniqlangan.

Texnologiyalar vazirligi vakili Reutersʼga hujjatning haqiqiy ekanini tasdiqlab, bloklaş töğrisidagi qaror Telegram hukumatga jinoiy işlar böyiça ötkazilayotgan tergovlar doirasida foydalanuvçilarga tegişli ma’lumotlarni taqdim etişdan boş tortgani sabab qabul qilingan.

Messenjerning özi hozirça holatga izoh bermadi.

Ta’kidlanişiça, Vetnam Kommunistik partiyasi OAVda qattiq senzurani qöllab-quvvatlaydi va bir neça bor Meta, Google, TikTok kabi yirik kompaniyalarga murojaat qilib, tajovuzkor, yolğon va hukumatga qarşi kontentni öz içiga olgan «zararli» materiallarni yöq qiliş böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişni talab qilgan.

2024 yil avgustda Telegram asosçisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olingan edi. U uyuşgan jinoyatçilikka boğliq qator jinoyatlar, jumladan, narkotik moddalar va bolalar pornografiyasini tarqatişga aloqadorlikda, şuningdek, hukumat sörovlari böyiça ma’lumot taqdim etişdan boş tortganlikda ayblangan edi.