Ortda qolayotgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

— Nega Tramp telefon muloqotida kutilgandek Putinga bosim qiliş va Rossiyaga sanksiyalar yölidan bormadi?

Şavkat Ikromov: Ayni vaqtda dunyoda qurollaniş poygasi qaytadan boşlangandek. Sovuq uruş davrida ham körganmizki, bunday vaziyat Qöşma Ştatlarning manfaatiga mos keladi va tarixdan ma’lumki, Amerika özini hozirgi iqtisodiy qudratiga aynan jahon uruşi sabab erişgan. Amerikaning birinçi raqamli savdogari sifatida Tramp bunday yangi qurollaniş poygasining yuzaga kelişini – Qöşma Ştatlarni yanada qudratliroq qiliş, özi aytgandek, AQŞni yana dunyo taxtiga qaytariş uçun yaxşi bir imkoniyat deb köryapti.

Oybek Sirojov: Tramp arab davlatlariga taşrifida 3 trillion dollardan ortiq savdo kelişuvlari haqida gapirib, Rossiyaning ham juda katta imkoniyatlari borligini öşa yerda ta’kidlab ötdi. Demak, Trampning keyingi strategiyasi Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni va undagi mavjud potensialdan birgalikda foydalanişni közlayapti.

Ikkinçi muhim jihati, odatda Tramp sobiq prezident Baydenni ayblaşga intiladi. Demak, Ukraina masalasida ham Trampning oldida şunday öziga xos dilemma turibdi. Yo bu uruşni özining hisobiga ötkazişi kerak, qandaydir keskin qarorlar qabul qilib, yoki imkon qadar vaziyatni yumşatişi kerak.

Şuhrat Rasul: Trampning özi ham Putin bilan juda iliq gaplaşganini aytib bundan ğururlandi. Tramp prezidentlikka nomzod vaqtidayoq Kiyev va Moskvaga şartlarni qöyib, kim bajarmasa, keskin çoralar qöllaşni aytgan edi. Lekin bugun unday bölmayapti.

Har safar şu ikki lider suhbatlaşganda yoki mas’ullari orqali muloqot qilganda, yuqori darajada hurmat körsatişyapti. Bu ikki prezident bugungi kunda mulozamat körsatiş böyiça umuman olganda yangi diplomatik öziga xos çöqqiga erişdi.

AQŞda Respublikaçilar partiyasida böliniş yuz berdi. Trampdan hayiqib turgan partiyaning bir qanoti, uning ma’muriyatiga qarşi çiqa boşladi. Senatda Trampga muxolif kayfiyatdagilar soni oşib boryapti.

— Şimoliy Kiprni Turkiy davlatlar taşkilotiga qabul qiliş uni tan oliş degani bölsa, bu Rossiya uçun ham pretsedent bölmaydimi?