"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga köra, uşbu dastur doirasida har yili 1 million maktab öquvçisi mamlakat böylab sayohat qilişi mumkin böladi. Dasturning asosiy maqsadi maktab öquvçilarining böş vaqtini qiziqarli va foydali taşkil etişdir.

Şu maqsadda Qoraqalpoğiston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi "Barkamol avlod" markazlarida kamida 100 örinli "Bolalar sayyohlik bazasi" taşkil qilinadi.

Şuningdek, "Barkamol avlod" maktablari, "Yoşlik" sport jamiyati va Öquvçi yoşlar markazi yagona tizimga birlaştiriladi. Ular ta’mirlanib, zamonaviy yönalişlarga mos jihozlanadi, xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlaş va animatsiya kabi yangi tögaraklar oçiladi.