Frontda eng yirik almaşuv, Madridda köz yoşlar – hafta dayjesti
|22:53 / 25.05.20257 00311 min
Assalomu alaykum. Bugun 25 may, yakşanba. Bu sanani barçamiz entikiş bilan eslaymiz. Hammamiz mana şu sanada jonajon maktabimiz bilan xayrlaşganmiz. Işoning, öşanda maktabdan qutuldim, deb xursand bölgan sinfdoşingiz ham keyinçalik ortiq maktab öquvçisi emasligini his qilib, yuragida nimalardir uzilgan. Köpçiligingiz yana bir marta darsdan keyingi navbatçilikda qolib sinfxonangiz polini artiş uçun köp narsangizni berişga tayyor bölsangiz kerak.
Keça yurtimizdagi maktablarda sönggi qönğiroq çalinib, yana minglab öğil-qizlar umrning eng baxtli onlaridan asta-sekin şafqatsiz, kuraşlarga, çaqiruvlarga boy katta hayot tomon qadam taşladi. Ularga bir narsa demoqçiman: hayotning bu onlaridan zavqlaning, bu damlar ortiq qaytib kelmaydi. Forest Gamp aytganiday, hayot konfet qutisiga öxşaydi, senga qanday qiyomli konfet tuşişini aslo bilolmaysan.
Biz bahorning oxirgi yakşanbasida doimgidek dunyoda sodir bölgan eng muhim voqealarni yodga olamiz. Bu hafta qiziqarli voqealarga boy böldi. Şu uçun dayjestimiz öziga xos siyosiy kombo şaklida böladi.
Putin va Tramp suhbati
Hafta davomida Rossiya prezidenti Putin va AQŞ prezidenti Tramp yana telefon orqali gaplaşdi. Endi bir gapni işonç bilan aytaversak böladi: bu ikki odamning telefonda gaplaşişi ortiq heç narsani hal qilmaydi. Endi uruş boşlanişi oldidan Putinga juda köp qönğiroq qilgan Makron haqida memlarga bemalol Trampni tasvirlasa ham bölaveradi. Çunki Tramp Putinga qönğiroq qilgaç köpi bilan Rossiya va AQŞ örtasida hokkey öyini ötkazişga kelişa olyapti xolos. Hali öşa öyinni ham eplab ötkaza olişgani yöq. Şu sabab biz bu keraksiz telefon suhbati tafsilotlariga töxtalib ötirmay, uni şunçaki bir fakt sifatida eslab ötib ketamiz. Bu suhbat ortiğiga arzimaydi...
Rossiyaning Kiyevga hujumi
Hafta oxirida Rossiya armiyasi Kiyev böylab yirik havo hujumi amalga oşirdi. Ayniqsa 24 mayga ötar keçasi Ukraina poytaxti uçun juda halokatli keçdi. Avvalroq Rossiya kamikadze dronlari dasturini yangilagani, bu Ukraina himoya tizimlari uçun muammo tuğdirişi aytilgandi, çindan şunday bölib çiqdi, Shaheed dronlari köp vayrongarçiliklar keltirib çiqardi.
Birgina 23 may tunida Rossiya Ukraina böylab 250 ta zarbdor dronlar bilan hujum qildi. Yetmaganiga 14 ta «Iskander-M» ballistik raketasi uçirdi. Hujumning asosiy nişoni Kiyev böldi.
Bu zarbalar Rossiya va Ukraina töğridan töğri muzokara boşlagani fonida sodir böldi. Kiyevga berilgan zarba bilan Rossiya uruşni tugatiş niyati yöqligini navbatdagi marta körsatdi. Bu gal Tramp «Vladimir, STOP» deb post ham yozmadi...
Mavzuga oid
Bayden saratonga çalindi
Hafta davomida AQŞ sobiq prezidenti Jo Bayden saratonga çalingani aniq böldi. 82 yoşli siyosatçida prostata saratoni aniqlangan. Kasallik suyakkaça ötgani va agressiv holatda ekani aytildi. Hozir Bayden oilasi qanday davolaniş böyiça maslahat qilmoqda.
Sobiq prezident Bayden kasallikni juda xotirjam qabul qildi. U öz sahifasida xotini va muşugi bilan tuşgan suratini joylab, «saraton bizgaça yetib keldi, endi kuçli bölib kuraşamiz», deb yozdi.
Modriç va Ançelotti «Real»dan ketadi
Hafta davomida futbol olamida ikki muhim voqea sodir böldi. Ikkalasi ham Madridda. «Real» afsonasi, Madrid klubi safida «Oltin töp»ni yutgan oxirgi futbolçi Luka Modriç mavsum yakunida klubdan ketişini e’lon qildi. Kuzda 40 yoşga töladigan Luka allaqaçon «Real»ning ramziga aylanib böldi. Xorvat Madridni klub tarixida eng köp – 28 ta sovrin yutgan futbolçi sifatida tark etmoqda. Luka jahon futbolida heç kim yomon körmaydigan kam sonli futbolçilardan biri ekani bilan muxlislar yodida qoladi. Madrid fanatlari ança vaqt Modriçning san’at darajasidagi uzatmalarini soğinib yurişsa kerak...
Modriç bilan birga yozda Realni yana bir klub afsonasi Karlo Ançelotti tark etadi. «Real»ga ikkinçi kelişida don Karlo ikki marta Çempionlar Ligasini, ikki marta La Ligani, bir marta Ispaniya kubogi, ikki marta Ispaniya superkubogini, yana ikki martadan klublar örtasidagi jahon çempionati va Yevropa superkubogini yutişni uddaladi.
Ançelotti Realga sadoqatini körsatiş uçun boşqa klubga ketmaslikka qaror qildi. Karlo ota endi Braziliya milliy jamoasini boşqaradi. «Pentakampionlar» Ançelottini olib keliş uçun bir yildan buyon boşqa murabbiy bilan gaplaşişmadi ham. Va nihoyat don Karlo Vinisius, Rodrigo kabi şogirdlari öynaydigan Braziliyani qabul qilişga rozi böldi. Endi Braziliya kelasi yilgi jahon çempionatiga, şubhasiz, favorit sifatida yöl oladi...
White lives metter…
Hafta davomida Donald Tramp Oq uyda JAR prezidenti Siril Ramafosani qabul qildi. Bu qabul juda keskin ötdi, Tramp Ramafosaga jiddiy bosim qildi, hatto Zelenskiy bilan bunaqa bölmagandi. AQŞ prezidenti yaqinda ham JARda oq tanlilar qiynoqqa solinayotgani haqida gapirib, ularga AQŞga kirişga ruxsat berilişini aytgandi.
Tramp uçraşuv davomida göyoki JARda oq tanlilar qirğin qilinayotgani haqida video va qoğozlar körsatdi. «Siz odamlarning yerlarini olib qöyyapsiz. Oq tanli fermerni öldirganlar jazolanmayapti. Ularni qiynab öldirişgan, kallasini olişgan», dedi Tramp. Keyin JAR prezidentiga bir uyum rasmlar tasvirlangan qoğozlarni körsatdi.
Va mana şu yerda... Trampga ma’lumot olib kiradigan mulozimlar qovun tuşirdi. Tramp körsatgan qoğozlardan biridagi kadr Reuters jurnalistlarining e’tiborini tortdi, axir bu ular olgan kadr edi-da! Gap şundaki, Tramp «JARda oq tanlilar qirilmoqda» deb körsatgan qoğozdagi surat aslida Reuters’ning Kongodagi ommaviy qabriston haqida lavhasidan olingandi. Surat muallifi ham uning Kongoda olinganini aytib, Trampni manipulyatsiyada aybladi.
Esingizda bölsa, Amerikada bir qora tanli odamni öldirib qöyişlari ortidan Black lives metter, ya’ni qora tanlilar hayoti ahamiyatli degan ibora urf bölib, butun dunyoga taraqalgandi. Tramp ham şunga öxşaş White lives metter degan trendni boşlamoqçi edi, bölmadi: oraga yolğon aralaşdi. Butun boşli Amerika prezidenti ma’muriyatida oddiy feykni aniqlaştira oladigan oylikxör yöqligi qanday ajablanarli, şunday emasmi?
Britaniya Çagosni Mavrikiyga qaytaradi
Bir qariç yer uçun davlatlar bir-birining yuz minglab odamini öldiradigan bugungi zamonda bir davlat boşqa davlatga mojaroli yerni janjalsiz qaytib berişiga işoniş qiyin, töğrimi? Lekin bu haftada şunday böldi.
Britaniya boş vaziri ser Kir Starmer Hind okeanida joylaşgan Çagos arxipelagini Mavrikiyga qaytariş böyiça hujjatni imzoladi. Xaritadan körib, bir burdagina joy ekan, demang. Bu arxipelag Hind okeanining qoq markazida joylaşgan bölib u yerda AQŞ va Britaniyaning Diyego-Garsiya harbiy bazasi bor. Bu bazadan Afrikaga ham, Yaqin Şarqqa ham, Janubiy yoki Janubiy-Şarqiy Osiyoga ham tezda yetib boriş mumkin.
Kelişuvga köra, Britaniya bu oroldagi harbiy baza ijarasi uçun Mavrikiyga har yili 101 million funt tölaydi. Şartnoma umumiy qiymati 3,4 milliard funtni taşkil qilgan. Çagos oroli ön yillardan buyon tortişuvli hudud hisoblanadi. BMT 2019 yil Britaniyaga orolni Mavrikiyga topşirişni buyurgan. Inglizlar 6 yil ötib bu talabni bajarişdi. AQŞ Britaniya u yerdagi harbiy bazani saqlab qolganini olqişladi.
Asirlar almaşuvi
Istanbuldagi töğridan töğri muzokaralar davomida Ukraina va Rossiya uruş boşlanganidan buyon eng yirik asirlaş almaşinuvi borasida kelişuvga erişgandi. Juma kuni tomonlar 270 nafardan harbiy va 120 nafardan harbiy bölmagan asirlarni almaşgandi. 24 may kuni yana 307 nafardan asir vataniga qaytdi.
Pentagon Qatarning sovğasini oldi
Ötgan hafta AQŞ prezidenti Donald Tramp arab davlatlariga safar qilib trillion dollarlik şartnomalar imzolab kelgandi. Öşanda Qatar hukumati Trampga 400 million dollarlik Boeing 747 samolyoti sovğa qilişi hazil bilan qarşilangandi. Lekin uşbu hafta Pentagon Trampga hadya qilingan bu qimmatbaho sovğani qabul qilib oldi. Endi samolyot ikki yil davomida xavfsizlik nuqtai nazaridan qayta jihozlanadi. Bu uçun uning tannarxidan ham köproq pul ketişi aytilmoqda. Samolyot Tramp prezidentlik davrida Pentagon tasarrufida böladi. Respublikaçining muddati tugagaç, uçoq Tramp kutubxonasiga topşiriladi.
Ana şunaqa gaplar. Men heç kimni ayblamoqçi emasman, lekin qiziq, bir monarxiya amirining boşqa bir demokratik davlat prezidentiga 400 million dollarlik sovğa berişi xalqaro huquqda nima deb atalarkin?
Qariyalarga qöşimça tölov
Endi haftaning eng yaxşi xabariga yetib keldik. Nafaqaxör qariyalarga isitiş mavsumidagi xarajatlar bir qismini qoplaş uçun davlat tomonidan har oy 269 dollar miqdorida pul tölab beriş tartibi tiklandi! Uzr, qaysi davlatda ekanini aytiş esdan çiqibdi, Britaniyada.
Gap şundaki, Britaniyada 1997 yil boş vazir Toni Bleyr taşabbusi bilan qişki isitiş mavsumida mamlakatdagi barça nafaqaxörlarga davlat tomonidan pul tölab kelingan: 80 yoşgaça bölgan pensionerlarga 200 funt, 80 yoşdan oşganlarga 300 funt. Isitiş mavsumida kommunal xarajatlar oşişi uçun qirollik fuqarolarini şunday qöllab kelgan.
Ötgan yil Kir Starmer hukumati budjet taqçilligi sabab bu tölov endilikda faqat muhtoj nafaqaxörlarga tölanişini belgilagandi. Biroq hukmron partiyaning bu qarori saylovçilar e’tiroziga sabab böldi. 9 million britaniyalik bu tölovni ololmagani saylovlar leyboristlar uçun yomon ötişiga sabab böldi. Xatosini tuşungan Britaniya yangi hukumati qariyalarga beriladigan yordam puli tölaş tartibini qaytarişga qaror qildi.
Bizda hozirça şular. Bu sizlarga yetkazmoqçi bölgan xabarlarimizning oxirgisi edi. Haftalik dayjest körsatuvi bilan kelasi yakşanbada körişgunça. Omon böling.