Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi konsullik bölimi Telegram-kanali ma’lumotiga köra, Rossiyaga vizasiz kelgan migrantlardan quyidagilar talab etiladi:
– röyxatdan ötiş;
– şaxsiy ma’lumotlarni, şu jumladan geolokatsiyani kuzatişga rozilik beriş;
– vaqtinça yaşaş manzili töğrisida IIVni xabardor qiliş.
Agar uç kun içida geolokatsiya ma’lumotlari taqdim etilmasa, migrant nazoratdagi şaxslar reyestriga kiritilişi mumkin.
Eksperimentda quyidagi toifadagi şaxslar jalb etiladi:
– patent bilan işlayotganlar;
– patensiz işlaş huquqiga ega bölganlar (Belarus fuqarolaridan taşqari);
– kiriş maqsadini özgartirganlar;
– 90 kundan ortiq bölgan, lekin işlamaydiganlar.
Majburiy şartlar:
– vaqtinça yaşaş manzili böyiça röyxatdan ötiş;
– daktiloskopiyadan ötiş;
– biometrik suratga oliş;
– geolokatsiyani kuzatiş.
Mazkur tajriba muvaffaqiyatli ötsa, Rossiyaning boşqa hududlariga ham joriy etilişi rejalaştirilmoqda.









