Hududlarda pul evaziga IIBga işga kiritib qöyişni va’da qilgan şaxslar qölga olindi.

Toşkent şahar Adliya boşqarmasida oddiy aloqa operatori lavozimida işlab kelgan, 1992 yil Urganç şahrida tuğilgan şaxs Xonqa tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni özining mansabdor yaqin tanişlari orqali içki işlar organlariga mömay pul evaziga oson işga kiritib qöyişni va’da qilgan. Qolaversa, bu şaxs lavozimlarning mavqei va mansabiga qarab öziça narx ham belgilab olgan: oddiy askarlar tarkibidagi lavozimlarga kiritib qöyiş uçun 1 500 AQŞ dollari, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga işga qabul qiliş uçun esa 2 000 AQŞ dollari talab qilgan.

DXX Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament va içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda adliya xodimi vositaçi orqali 1 900 AQŞ dollari va 1 mln 295 ming söm olgan vaqtida uşlangan. 

Qaşqadaryo viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy Gvardiyaning Qöriqlaş boşqarmasi Qarşi şahar bölimi xodimi qölga olingan. U Koson tumanida yaşovçi bir fuqaroni özining mansabdor tanişlari orqali viloyat IIBga işga kiritib qöyiş evaziga 2 000 AQŞ dollari olgan.   

Hozirda har ikkala holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.