Özbekistonning yangi yölovçi aviakompaniyasi Tashkent Air 2 iyundan parvozlar boşlanganini e’lon qildi.

Aviakompaniya öz faoliyatini Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Vladivostok şaharlariga Toşkent, Buxoro, Samarqand va Termizdan amalga oşiradi.

Parvozlar aviakompaniyaning yagona samolyoti – keng fyuzelyajli uzoq masofali Airbus A330-200 samolyotida amalga oşiriladi.

Tashkent Air 22 yoşli uşbu samolyotni 2024 yil yozida qabul qilib oldi. Kuzatuv xizmatlari ma’lumotlariga köra, u 30 aprel kuni Toşkentdan Moskvaga va 17 may kuni Sankt-Peterburgga sinov parvozlarini amalga oşirgan.

Tashkent Air Özbekistonda tijoriy yölovçi taşişni amalga oşiruvçi yettinçi aviakompaniya böldi. Undan taşqari, hozir davlatga qaraşi Uzbekistan Airways va xususiy Qanot Sharq, Centrum Air, Air Samarkand, Fly Khiva va Asia Union Airlines faoliyat yuritmoqda.

2025 yil dastlabki uç oyida Özbekiston aviakompaniyalari jami 1,7 million yölovçini taşidi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 16,9 foizga köp.