Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantiriş böyiça kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.
2024 yilda zargarlikda işlab çiqariş 200 million dollardan oşdi, eksport 17 foizga ösib, 92 million dollarga yetdi.
Şu bilan birga, mamlakatda yiliga 100 tonnadan ziyod oltin qazib olinayotgani bilan imkoniyatlarning öndan biri ham işga solinmayotgani qayd etildi.
Sohada “xufiyona” iqtisodiyot uluşi yuqori ekani körsatib ötildi. Yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy tilla bozorlarida aylanmoqda. Yoki, mustaqil izlovçilar 2020 yilda 40 kilogramm oltin topşirgan bölsa, ötgan yili bu 100 karra kamaygan.
Yiğilişda sohani “soya”dan çiqariş uçun yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari bilan savdo qilişga ruxsat beriş, zargarlikda milliy brend yaratiş uçun xorijdan dizayner, texnolog, qimmatbaho toşlar bilan işlaydigan gemmologlarni olib keliş xarajatining bir qismini qoplaş böyiça takliflar bildirildi.
Davlat rahbari uşbu takliflarni ma’qulladi.











