Havayi orollarida Yer yadrosidan otilib çiqqan qimmatbaho metallarga boy vulqon jinslari topildi, deb yozmoqda Nature. Ma’lumotlarga köra, bu safar gap platina guruhiga kiruvçi kamyob metall — ruteniy haqida bormoqda. Uning mölligi esa boşqa qimmatli moddalarning, jumladan, oltinning ham ulkan zaxiralari mavjudligidan darak beradi.

Geologlarning hisob-kitobiga köra, Yer yuzasidagi barça qimmatbaho metallarning 99 foizi aslida sayyora yadrosida joylaşgan bölib, faqat 1 foizi mantiyaga va qobiq qatlamiga tarqalgan. Buning sababi — uşbu metallarning oğirligi va ziçligida. Sayyora şakllaniş bosqiçida gravitatsiya eng oğir elementlarni markaz — yadroga tortgan.

Aynan şuning uçun Yer yadrosi metall tarkibga ega. U Pluntondek keladigan (2,4 ming kilometr) qattiq içki yadro va 2,2 ming kilometrli suyuq taşqi qismdan iborat. Aynan şu suyuq yadroda metallarning harakati elektr toki hosil qiladi, bu esa öz navbatida Yerning kuçli magnit maydonini vujudga keltiradi. Uşbu magnit maydon sayyorani kosmik nurlanişlardan körinmas qalqon kabi himoya qiladi.

Şu paytgaça olimlar Yer litosferasida saqlanayotgan nisbatan kiçik qimmatbaho metall zaxiralari sayyora içki tuzilmasining — yadro, mantiya va qobiqning noaniq tarzda ajralgani natijasi deb hisoblab kelişgan. Bu jarayon planetar differensiallaşuv deb ataladi.

Endi esa olimlarning xulosasiga köra, ruteniy, oltin, platina va boşqa qimmatbaho metallar aslida töğridan-töğri Yer yadrosidan kötarilib çiqayotgan bölişi mumkin. Ular minglab kilometr masofani bosib ötib, yer yuzasiga çiqadi — bu jarayon «mantiya kötarilişi» deb nomlanadi.

Bu taşqi yadro va mantiya çegarasida hosil böladigan öta qizigan magma ustuni bölib, u yuqoriga vertikal oqim tarzida harakat qiladi. Aynan şunday kuçli oqim öz bosimi bilan Afrika kontinental plitasini pastdan «yorib ötmoqda», bu esa maşhur Şarqiy Afrika yoriğining paydo bölişiga sabab bölgan. Mazkur geologik jarayon tufayli Afrika materigining katta qismi asta-sekin asosiy qit’adan ajralmoqda.

Bu kabi jarayon hozirda Tinç okean plitasi ostida, Havayi orollari hududida sodir bölmoqda. Geologlar fikriça, aynan mana şu mantiyaviy «kötarilişlar» millionlab yillar oldin butun Havayi arxipelagini yuzaga keltirgan — orollar asosan bazaltdan, ya’ni qotgan lavadan iborat.

Ruteniy va volfram elementlari Kauai va Kamaeuakanaloa orollarining jinslarida aniqlangan. Tadqiqotçilar bu metallarning aniq Yer yadrosidan çiqqanini ta’kidlaydi: ularning atom tuzilmasi bundan dalolat beradi. Çunki yadrodagi moddalar izotop tarkibi jihatidan mantiyadagilardan farq qiladi.