26 may, duşanba kuni Gurjistonda mamlakat mustaqilligi dastlab e’lon qilinganining 107 yilligiga bağişlangan navbatdagi norozilik namoyişi bölib ötdi. Kun davomida namoyişçilar «Bu kun bizniki» şiori ostida parlament binosi yonida töplana boşladi. Alohida tarzda u yerga turli kasb vakillari, xususan, sobiq davlat xizmatçilari yoki san’atkorlar keldi.

Ular orasida puşti rangli futbolka va qora yubka hamda beretka kiygan qizlar marşi – Gurjistonning birinçi bayroği ranglarida alohida ajralib turdi. Aksiya iştirokçilari 1919 yilda Gurjiston mustaqilligining bir yilligi munosabati bilan gurji maktab öquvçilari ötkazgan xuddi şunday yurişni yodga oldi.

Namoyişçilar 1918 yilda mamlakat mustaqilligi e’lon qilingan parlament yonidagi Milliy yoşlar saroyiga kelişdi. Namoyişçilar nutq sözlab, hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasini «rossiyaparast siyosat» va mustaqillikka tahdid solişda aybladi.

Köplab namoyişçilar namoyişlar paytida hibsga olingan odamlarning fotosuratlari va hibsga olinganlarni ozod qilişga çaqiruvçi plakatlarni olib kelişdi. Namoyişçilar kitoblar va zargarlik buyumlari savdosi yarmarkasini ham taşkil etdilar.