Liberal deputat Frensis Skarpalejia Kanada jamoalar palatasi spikeri etib saylandi. 26 may kuni parlament a’zolari 5 oylik tanaffusdan söng yangi liberal liderni saylaş va umumiy saylov ötkaziş uçun palataga qaytdi.

Yaşirin ovoz beriş jarayonida Skarpalejia boşqa beş nafar liberal, jumladan sobiq spiker Greg Fergus bilan raqobatlaşib, ğalaba qozondi.

An’anaga köra, saylovdan keyin yangi spiker qöltiğidan uşlanib, majburan lavozim kursisiga keltirildi. U ba’zida ortga tisarilib, özini bu lavozimda işlaşni istamayotgandek körsatdi.

Gap şundaki, Kanada yoki Britaniya tipidagi parlament tizimiga ega bölgan boşqa mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya va Avstraliyada spikerni lavozim kursisiga majburan ötqaziş an’anasi mavjud. Bu tom ma’nodagi zöravonlik emas, balki marosim elementi hisoblanadi.

Ilgari, ayniqsa Angliya tarixida spiker lavozimi xavfli bölgan: u qirol oldida parlament vakili edi va köpinça turli masalalarda birinçi aybdor deb topilgan. Ba’zi spikerlar parlament irodasini ifodalagani uçun hatto boşidan ham ajralgan.

Şu bois, spiker saylangaç, öz ixtiyori bilan kursini egallaşni istamagan, uni «majburan», kuç bilan keltirişgan. Bu spiker hokimiyatga intilmayotgani, aslida xizmat yuzasidan şunga beixtiyor majbur bölayotgani ramzi edi.

Bugungi kunda bu an’ana ramziy marosim bölib, spiker rolining tarixiy ahamiyati, uning xolisligi va parlamentarizm an’analarini hurmat qilişini anglatadi.