Şimoliy Yevropa davlatlari hukumat rahbarlari Rossiya xavf tuğdirayotganidan ogohlantirmoqda, deb yozadi 26 may, duşanba kuni dpa axborot agentligi. «Dam oliş kunlarida sodir bölgan dahşatli hujumlar, afsuski, biz allaqaçon bilgan narsamizni isbotlaydi: Rossiya tinçlikdan manfaatdor emas», deb yozadi Daniya boş vaziri Mette Frederiksen.
«Kun davomida prezident Vladimir Putin muzokaralar haqida gapiradi, keçasi esa Ukrainani bombardimon qiladi», — dedi u Finlandiyada Şimoliy Yevropaning boşqa davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uçraşuvdan keyin. «Ukraina bundan ham köproq yordam olişi kerak».
Finlandiya boş vaziri Petteri Orpo ham şunday fikr bildirdi. Uning sözlariga köra, «Rossiya biz (Finlandiya) va butun Yevropa uçun uzoq muddatli xavf tuğdiradi». Uning aniqlik kiritişiça, gap nafaqat harbiy soha haqida, balki kiberhujumlar va Boltiq dengizi tubida aloqa kabellari qayta-qayta şikastlanişi kabi pretsedentlar haqida ketmoqda.
Orpo Ukrainada öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarda Rossiyaning konstruktiv iştirokiga erişiş uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xalqaro bosimni kuçaytirişga çaqirdi. «Putin kuç işlatmasdan, yeçim topişga urinmaydi. Şuning uçun bizga köproq bosim kerak», — dedi u.
Öz navbatida, Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styorening fikriça, Rossiya Ukrainada öt oçişni töxtatiş rejimini örnatişni xohlayotgani haqida hozirça heç qanday alomat yöq. «Umid qilamanki, bu AQŞning aniqroq pozitsiyaga ega bölişiga va orqaga çekinişdan köra bosim ötkazişiga olib keladi», deya qöşimça qildi u.









