Tadqiqotlarga köra, ijtimoiy tarmoqlardagi filtrlar va fotomontaj dasturlari kosmetik muolajalarga bölgan qiziqişni oşiradi. 2024 yilda kosmetik muolajalarga bölgan qiziqişning oşişi bilan birga tabiiylikka bölgan intiliş, ya’ni “Anti-Cosmetic Surgery” tendensiyasi paydo bölib, odamlar tabiiy körinişni saqlab qolişga intilişmoqda.
Xöş, Özbekistonda qaysi tendensiya ustunlik qiladi? Kun.uz şu savol bilan yurtdoşlarimizga murojaat qildi.
“Siz tabiiy gözallikni saqlaş tarafdorimisiz yoki kosmetik muolajalar?” degan savolga turliça qaraşlar böldi. Ammo köpçilik tabiiy parvarişni ma’qul körişini aytgan. Toşkentdagi Cosmetique.uz brendi dökoni menejeri Nodiraxon Nabuxanova ham Özbekiston bozorida tabiiy va samarali gözallik mahsulotlariga bölgan talab ortib borayotganini ta’kidladi.
“Tabiiy ovqatlaniş, tabiiy parvarişga ahamiyat berilyapti. Mijozlarimizning 60 foizi yana qaytib kelib xarid qilişadi. Çunki yuz parvarişiga ukollar yordamida tezda qilingan muolajalardan köra tabiiy usul bilan muolaja qilib ajinlardan, doğlardan saqlab qoliş muhim. Bu sekin, ammo uzoq muddatli natijalarga olib boradi.
Koreya bilan iqlim şaroitimiz öxşaşligi uçun ayollarimizning terisiga Koreya mahsulotlari mos keladi. Şuning uçun biz mijozlarimizga aynan şu mamlakat mahsulotlarini taqdim etamiz”, dedi u.
Cosmetique.uz — bu nafaqat gözallik mahsulotlari dökoni, balki har bir inson uçun tabiiy parvariş madaniyatini yaratişga qaratilgan loyiha hamdir. Kompaniya Koreyaning eng işonçli, sertifikatlangan kosmetika işlab çiqaruvçilari bilan hamkorlik qiladi. Mahsulotlar tarkibidagi komponentlar sintetik qöşimçalarsiz, parabenlar va sulfatlardan xoli bölib, har xil teri turlariga mos va gipoallergen hisoblanadi.






