AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina harbiy harakatlariga Jo Bayden tomonidan qöyilgan barça çeklovlarni olib taşlaş imkoniyatini «jiddiy körib çiqmoqda». Bu haqda Kyiv Post naşri Ğarbdagi ikki amaldorga tayanib xabar berdi.
Gap aynan qanday çeklovlar haqida ketayotganiga — masalan, qurol yetkaziş yoki Rossiya hududiga zarbalar beriş — xabarda aniqlik kiritilmagan.
«Oldin joriy etilgan barça çeklovlar ayni vaqtda qayta körib çiqilmoqda. Çunki prezident Tramp hozirgi status-kvo Rossiyani muzokaralar stoliga jalb qiliş böyiça umumiy manfaatlarimizga javob bermaydi, deb hisoblamoqda», — deydi naşr suhbatdoşi.
Manbaning sözlariga köra, Rossiyani «jazolaş» va Ukrainani qöllab-quvvatlaşning «keyingi bosqiçlari» böyiça qaror amerikalik amaldorlarning germaniyalik hamkasblari bilan joriy hafta Vaşingtonda bölib ötadigan uçraşuvida qabul qilinadi. AQŞga yaqin kunlar içida, xususan, Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful taşrif buyurişi kutilmoqda.
26 may kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yaroğning zarba beriş masofasiga qöyilgan çeklovlarni bekor qilganini aytdi. Kreml uşbu qarorni «xavfli» deb atadi.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga köra, Tramp 1 iyungaça Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etiş variantini körib çiqmoqda. Ta’kidlanişiça, AQŞ prezidenti Rossiya yetakçisi Vladimir Putin jangovar harakatlarni davom ettirayotganidan «hafsalasi pir bölgan».









