Vengriyaning Budapeşt şahrida xizmat safari bilan bölgan Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov Gedeon Richter va MEDITOP Pharmaceutical kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi. 

Uçraşuvlar davomida Özbekistonda talab yuqori bölgan dori vositalarini investitsiya kiritiş orqali va şartnoma asosida işlab çiqarişni yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, bu yönalişda amaliy harakatlar rejasi belgilab olindi. 

Şu bilan birga, investitsiya loyihalari doirasida mahalliylaştiriş jarayonlarida davlat tomonidan körsatiladigan qöllab-quvvatlaş mexanizmlari, “Hayotiy zarur dori vositalari” röyxatini şakllantirişda jahon tajribasini inobatga oliş hamda mahalliylaştirişning iqtisodiy samaradorligi yuzasidan hamkorlik yönalişlari belgilab olindi.