Yevropa Ittifoqi hamkorlari, jumladan, AQŞ bilan kelişilgan holda Rossiyaga qarşi sanksiyalarni qöllaş niyatida. Bu haqda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas 26 may, duşanba kuni Bryusselda bölib ötgan taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi çoğida ma’lum qildi: «Biz Rossiyaga bosim ötkazişimiz kerak, şunda u yerda ham tinçlikka intiliş paydo böladi», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi jurnalistlar.
Siyosatçining sözlariga köra, Yevropa tomoni bunga tayyor va boşqa xalqaro hamkorlar ham undan örnak olişiga umid qilmoqda. Şu bilan birga, Kallas Rossiya armiyasining yaqinda Kiyevga bergan zarbalarini «mutlaqo dahşatli» deb atadi va şu tariqa Moskva Ukrainaga bosim ötkazmoqda, degan taxminni ilgari surdi.
Bir kun oldin ham Kaya Kallas Rossiyaga bosimni kuçaytirişga çaqirgandi. «Keçagi hujumlar Rossiyaning Ukrainada yanada azob-uqubat va vayronagarçilikka intilayotganidan dalolat beradi. Begunoh qurbonlar, yaradorlar va halok bölganlar orasida bolalarni köriş şokka soladi. Mening öy-xayollarim bugun mana şu oilalarda. Bu uruşni töxtatiş uçun Rossiyaga eng kuçli xalqaro bosim kerak», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq Volodimir Zelenskiy Ukraina şaharlariga uyuştirilgan ommaviy hujumlar fonida Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar qöllaşga çaqirgan edi. «Rossiyaning har bir bunday terrorçilik zarbasi yangi sanksiyalar uçun yetarli sababdir. Rossiya bu uruşni çözmoqda va har kuni odamlarni öldirişda davom etmoqda», deb yozdi mamlakat prezidenti Telegramʼda.









