Moskva AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyaning sönggi paytlarda Ukrainaga bergan va tinç aholi orasida qurbonlarga olib kelgan ommaviy zarbalarini qoralovçi bayonotlarini jiddiy qabul qilişi kerak. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus 27 may, seşanba kuni bölib ötgan brifingda ma’lum qildi.

Mavjud vaziyatdan kelib çiqqan holda AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyaga nisbatan siyosatida özgarişlar bölişini kutiş kerakmi, degan savolga u şunday dedi: «Men buni (Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tanqid qilganini) umidsizlik deb atamagan bölardim. Bular turli mintaqalarda tinçlikka erişiş yölida harakat qilgan odamning sözlari. U öz nuqtayi nazarini oçiq ifoda etdi. Rossiya nima qilayotganiga amerikaliklar jiddiy munosabatda bölişi kerak, deb öylayman». 

Şu bilan birga, Bryusning ta’kidlaşiça, AQŞ prezidenti qon tökilişini tugatişga ta’sir qiliş uçun «köp turli xil vositalarga ega».