Germaniya kansleri Fridrix Mers hukumatda Isroil armiyasining Ğazo sektoridagi harakatlarining ehtimoliy oqibatlari böyiça muzokaralar ötkaziş rejalari haqida gapirdi. 27 may, seşanba kuni Finlandiyaga taşrifi çoğida siyosatçi «sönggi kunlarda sodir bölgan voqealarni juda tanqidiy» deb aytdi. «Tinç aholining taqdiri va dahşatli iztiroblari bizni larzaga soldi», — deya uning sözlarini keltiradi AFP jurnalistlari. Ularning sözlariga köra, Germaniya hukumati rahbari bu masala böyiça Isroil rasmiylari bilan muzokaralarni «jonlantiriş»ga va’da bergan.

U Isroilga qarşi qanday çoralar köriş mumkinligiga aniqlik kiritmadi: «Bizning yordamimiz qay darajada davom etişi masalasi hukumatdagi içki maslahatlaşuvlar mavzusi», dedi u va qarorlar ma’qullangan taqdirda ham «oşkora e’lon qilinmasligini» ta’kidladi, deb yozadi AFP.

Isroilning Ğazo sektoriga nisbatan siyosatini tanqid qilişga Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful ham qöşildi. WDR naşriga bergan intervyusida u Berlinni yahudiy davlati bilan birdamlikka majburlab bölmasligini aytdi: «Bizning antisemitizmga qarşi qat’iy kuraşimiz va Isroil davlatining mavjud böliş huquqi va xavfsizligini töliq qöllab-quvvatlaşimiz Ğazo sektorida olib borilayotgan mojaro va uruş manfaatlarida işlatilmasligi kerak», dedi u va Falastinda aholining ahvolidan xavotirda ekanligini aytdi.

«Biz hozir keyingi qadamlarimiz haqida juda puxta öylaşimiz kerak bölgan bosqiçda turibmiz», deb davom etdi siyosatçi.

Germaniya moliya vaziri va sotsial-demokratlar partiyasidan vitse-kansler Lars Klingbayl ham avvalroq hukmron koalitsiya Isroilga siyosiy bosimni kuçaytirişni rejalaştirayotganini aytgan edi. Uning sözlariga köra, Berlin sodir bölayotgan voqealar «endi qabul qilib bölmas» ekanini oçiq körsatişi kerak.