IUA assotsiatsiyasi xalqaro suğurta va qayta suğurta qoplamalarini taqdim etuvçi 60 dan ortiq yetakçi global suğurta kompaniyalarini birlaştiradi va sohadagi standartlarni şakllantiriş, taşabbuslarni rivojlantiriş va bilim almaşişda muhim rol öynaydi. IUA ga a’zolik «Özbekinvest»ga dunyoda suğurta bozorini rivojlantiriş strategiyasini şakllantiruvçi işçi guruhlar va forumlarda iştirok etiş, şuningdek, nufuzli professional naşrlarda öz loyiha va taşabbuslarini taqdim etiş imkonini beradi.
Şunday qilib, bugungi kunda «Özbekinvest» quyidagi xalqaro professional taşkilotlarning a’zosi hisoblanadi:
IUA (International Underwriting Association of London) - London bozorining yetakçi suğurtalovçilari va qayta suğurtalovçilari uyuşmasi.
Berne Union - eksport kreditlari va investitsiyalarini suğurtalaş böyiça agentliklarning xalqaro platformasi.
AMAN Union - Islom hamkorlik taşkiloti va arab mintaqasi mamlakatlari suğurtalovçilari va qayta suğurtalovçilarining professional forumi.
IIS (International Insurance Society) - suğurta kompaniyalari, ilmiy doiralar va tartibga soluvçilarning global birlaşmasi.
FAIR (Federation of Afro-Asian Insurers and Reinsurers) - Osiyo va Afrika mamlakatlari suğurtalovçilarining birlaşmasi bölib, mintaqaviy hamkorlikka kömaklaşadi.
«Özbekinvest»ning IUA’ga a’zo bölişi kompaniyaning xalqaro e’tirofga erişiş, ilğor standartlarni joriy etiş va global suğurta hamjamiyatida kasbiy aloqalarni faol rivojlantiriş yölidagi intilişini yaqqol namoyon etadi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube







