Özbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elçisi (qarorgohi Parij şahrida joylaşgan) Nodir Ğaniyev uşbu mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga işonç yorliqlarini topşirdi.

«Belem» saroyida bölib ötgan rasmiy marosimdan söng keçgan muloqot çoğida Portugaliya prezidenti ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholadi. Şuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Marselu Rebelu de Souza Nodir Ğaniyevni uşbu lavozimga tayinlagani bilan tabriklab, unga Portugaliya va Özbekiston örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi diplomatik faoliyatida zafar tiladi.

Özbekiston va Portugaliya örtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 12 avgustda örnatilgan.

Avval Özbekistonning Şvetsiyadagi elçisi lavozimida işlab kelgan Nodir Ğaniyev 2024 yil 17 sentabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga işonç yorliqlarini topşirgan edi.